Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Tashabbusli budjetlashtirish jarayonida ovoz berishda sog‘lom raqobat muhitini yaratish maqsadida “Bir fuqaro – bir ovoz” tizimini joriy etish kutilmoqda. Bu haqda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash” yilida amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturiga oid prezident farmoni loyihasida keltirilgan.

Foto: Videodan kadr

Unga ko‘ra, 2024-yil 1-martdan boshlab Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish orqali ovoz berish jarayonida fuqarolarni identifikatsiya qilish yo‘lga qo‘yiladi. Shu orqali bir fuqaro tomonidan berilgan bitta ovozni qabul qilish tizimini joriy etish ko‘zda tutilgan.

“Ya’ni endi nomida nechta sim-kartasi bo‘lishidan qat’i nazar 1 kishi faqat 1 marta ovoz bera oladi. Masalan, mening nomimda Uzmobile, MobiUz, Ucell va Beeline raqamlari bor deylik. Shu paytgacha men 4 ta ovoz bera olar edim. Endi esa faqat 1 marta ovoz beraman, keyingi safar boshqa kompaniya raqamidan yana ovoz bermoqchi bo‘lsam, menga rad javobi keladi. Bu orqali yuzlab sim-karta sotib olib, ovozlari sonini sun’iy ko‘paytirishga chek qo‘yiladi”, — deydi Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev.

Shuningdek, 2024-yil 1-apreldan boshlab “Tashabbusli budjet” doirasidagi loyihalar tashabbuskorlar, mahalla raisi va faollarining ish sifati yuzasidan roziligi olinganidan keyingina foydalanishga qabul qilish tartibini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

2024-yil 1-avgustga qadar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga tashabbusli budjet bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar yuzasidan davlat organlari va tashkilotlaridan ma’lumotlar olish, mablag‘larni o‘z vaqtida va to‘liq ajratilishini talab qilish hamda loyihalar amalga oshirilishini jamoatchilik tomonidan monitoring qilish imkoniyati yaratiladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »