Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shavkat Mirziyoyev 1-fevral kuni metallurgiya korxonalarini rivojlantirish chora-tadbirlari bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Qayd etilishicha, Navoiy kon-metallurgiya kombinati, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, O‘zbekiston metallurgiya kombinati hamda “Navoiyuran” davlat korxonasi mamlakat iqtisodiyotida katta o‘rin tutadi. So‘nggi yillarda bu to‘rtta korxonaga 7 milliard 400 million dollar investitsiya kiritildi. Buning natijasida oltin ishlab chiqarish hajmi 23 foiz, mis 41 foiz, kumush 60 foizga oshdi. Navoiy kombinatida yangi konlar o‘zlashtirilib, 3 ta zavod ishga tushirildi. “O‘zmetkombinat” va “Navoiyuran”da ham ishlab chiqarish ko‘paydi.

Umuman, o‘tgan 6 yilda ushbu korxonalarning jami sanoatdagi ulushi 10 foizdan 17 foizga, budjet tushumlarida esa 11 foizdan 25 foizga oshgan. Ma’lumki, 2030-yilgacha mamlakat iqtisodiyoti hajmini 2 barobar oshirish maqsad qilingan. Shu bilan birga, jahonda kuchayib borayotgan raqobat yangi vazifalar qo‘ymoqda. Bu sharoitda mazkur to‘rtta yirik kompaniya samaradorligini oshirish dolzarb ahamiyatga ega.

Taqdimotda mutasaddilar ishlab chiqarishni yanada ko‘paytirish va investitsiyalar jalb etish bo‘yicha rejalarini bayon qildi. Davlat rahbari xorijiy ekspertlarni jalb etib, kombinatlarni raqamli transformatsiya qilish, bunda “yashil” texnologiyalarga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi. Investitsiyalarni o‘zlashtirish va yangi loyihalarni jadallashtirish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.

Ishlab chiqarishda operatsion xarajatlar va energiya sarfini maqbullashtirib, tannarxni qisqartirish vazifalari qo‘yildi. Shuningdek, kombinatlarda mehnat unumdorligini oshirish, rahbar va mutaxassislar faoliyatiga samaradorlik ko‘rsatkichlarini (KPI) joriy qilish muhimligi qayd etildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »