Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“An-Nassr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Inter Mayami”ga qarshi o‘yinda ishtirok etmaydi.

Bu haqida “An-Nassr” bosh murabbiyi Luish Kashtru ma’lum qildi.

Saudiya va AQSH jamoasi 1-fevral, payshanba kuni o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Uchrashuv Toshkent vaqti  bilan 23:00 da start oladi. 

Portugaliyalik futbolchida kichik jarohat mavjud.

“Biz Ronaldu va Messi qarama-qarshiligini ko‘rmaymiz. Krishtianu jarohatidan tuzalishi lozim.

Yaqin bir necha kun ichida u umumiy guruh mashg‘ulotlariga qaytishiga umid qilamiz. Bu uchrashuvda Ronalduni ko‘rmaymiz”, — deb aytib o‘tdi Kashtru.

Eslatib o‘tamiz, “Inter Mayami” Saudiyada o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazmoqda. 29-yanvar kuni AQSH klubi “Al-Hilol”ga qarshi bahs olib borib, 3:4 hisobida mag‘lub bo‘lgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »