Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

3-fevralga o‘tar kechasi AQSHning Suriya sharqidagi hududlarga bergan aviazarbalari oqibatida bir necha tinch aholi hamda harbiy xizmatchilar halok bo‘ldi va yaralandi, deb xabar bermoqda SANA agentligi mamlakat Mudofaa vazirligiga tayanib. Vazirlik qurbonlarning soniga aniqlik kiritmadi.

Arxiv foto: AP Photo

Vazirlik maʼlumotlariga ko‘ra, bir qator shahar va obyektlar hujumga uchragan, bu esa “davlat va xususiy mulkka” zarar yetkazgan.

Bundan tashqari, Eronning Suriyadagi elchixonasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2-fevral, juma kuni tongda Eron Islom inqilobi posbonlari korpusi (IIPK) maslahatchilaridan biri Said Alidadiy Damashq chekkasida berilgan havo hujumida halok bo‘lgan. Eron diplomatlari hujumda Isroilni aybladi. Isroil tomoni bu haqda hozircha izoh bermagan.

Iroq Qurolli kuchlarining rasmiy vakili Yahyo Rasul mamlakat sharqidagi Al-Qoim shahri hamda Iroq va Suriyaning chegaradosh hududlari hujumga uchraganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Eron IRNA agentligi. U AQSHning harakatlarini Iroq suverenitetini buzish deb atab, bu mintaqa barqarorligiga putur yetkazishi mumkinligini ta’kidladi.

“Hujumlar Iroq uchun jiddiy tahdid va mintaqa uchun dahshatli oqibatlarga olib keladi”, — dedi bosh vazir Muhammad Shia al-Sudaniy idorasi.

3-fevralga o‘tar kechasi Qo‘shma Shtatlar Suriya va Iroqdagi IIPK va unga qarashli militsiya guruhlari obyektlariga havodan zarbalar berdi. 125 ta snaryad yordamida 85 dan ortiq nishonga zarba berildi, bunda ko‘p sonli samolyotlar, shu jumladan, AQSHdagi bazalardan uzoq masofaga uchuvchi bombardimonchilar qo‘llandi. Qayd etilishicha, nishonlar — operativ va qo‘mondonlik markazlari, dron va raketalar omborlari, razvedka markazlari, logistika inshootlari hamda Amerika qo‘shinlari va boshqa koalitsiya kuchlariga hujum qilishga hissa qo‘shgan guruhlarning ta’minot zanjirlari bo‘lgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »