Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Super og‘ir vazn toifasida WBA Super, IBF, WBO va IBO kamarlari sohibi Oleksandr Usik va WBC chempioni Tayson Fyuri mutlaq jahon chempionligi jangi qoldirildi.

Bu haqida ukrainalik bokschining menejeri Egis Klimas ma’lum qildi. Klimasning so‘zlariga ko‘ra, Fyuri mashg‘ulotlar vaqtida qoshidan jiddiy jarohat olgan.

Usik va Fyuri o‘rtasidagi jang 17-fevral kuni Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tishi kerak edi. 

Tayson Fyurining o‘zi ham bu xabarni tasdiqladi:

“Afsus. Men bu jangga juda uzoq vaqt tayyorlangandim, aqlbovar qilmas formada edim. Bu katta voqeaga aloqador barcha uchun qayg‘udaman. Jarohatim tuzalgach, qattiq mehnat qilishga kirishaman.

Men bundan jabr ko‘rganlardan, jumladan, jamoam, Usikning jamoasi, kardning boshqa jang ishtirokchilaridan, shuningdek, Saudiya Arabistonidagi tashkilotchilardan uzr so‘rayman”.

Eslatib o‘tamiz, ushbu boks oqshomida o‘zbekiston bokschi Bahodir Jalolov ham ringga ko‘tarilishi kerak edi. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »