Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda yanvar oyida o‘tkazilgan tezkor tadbirda farmatsevtika mahsulotlari ekspertizadan o‘tkazildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Mazkur tezkor tadbir sifatsiz va qalbaki dori vositalari hamda tibbiy buyumlarning O‘zbekiston hududiga kirib kelishi, ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining esa g‘ayriqonuniy nusxalari aylanmasiga chek qo‘yish maqsadida tashkil etildi. Aniqlangan 408 holatda dori vositalari ekspertiza uchun Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markaziga taqdim qilindi.

Ushbu mahsulotlar Markaz laboratoriyalarida tekshirilganda 10 006 o‘ramdagi dori vositalari va tibbiy buyumlarning tibbiyot amaliyotida qo‘llash mumkin emasligi aniqlandi. Jumladan:

2115 o‘ram — davlat ro‘yxatidan o‘tgan; 
2756 o‘ram — davlat ro‘yxatidan o‘tmagan;
2756 o‘ram — muvofiqlik sertifikati mavjud bo‘lmagan;
2115 o‘ram — muvofiqlik sertifikati mavjud;
241 o‘ram — yorliqlash ko‘rsatkichi bo‘yicha (kontrafakt);
23 o‘ram — yaroqlik muddati tugagan (sifatsiz);
46 o‘ram – qalbakilashtirilgan.

Tahlillar natijasi bo‘yicha tegishli xulosalar ta’sir choralarini ko‘rish uchun huquqni muhofaza qilish organlarga taqdim qilindi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »