Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH mudofaa vaziri Lloyd Ostin 13-fevralda o‘z vazifasiga qaytishi mumkin. Bu haqda Valter Rid tibbiyot markazi shifokorlari bayonotiga tayanib, AQSH Mudofaa vazirligi xabar berdi.

Foto:Reuters 

Ma'lum qilinishicha, Ostin umumiy anesteziya ostida jarrohlik bo‘lmagan muolajalarni o‘tkazgan. Shifokorlar qovuq bilan bog‘liq muammo AQSH mudofaa vazirining to‘liq tiklanishiga ta’sir qilmasligini aytmoqda. Saraton kasalligini davolash istiqbollari ijobiyligicha qolmoqda.

Lloyd Ostin qovug‘i bilan bog‘liq muammolar tufayli 12-fevral kuni qayta kasalxonaga yotqizilgan edi. Vazir o‘z vakolatlarini vaqtincha o‘zining o‘rinbosari Ketlin Hiksga topshirgan.

AQSH mudofaa vazirida qanday kasallik mavjud?

2023-yil dekabr oyining boshlarida Ostinda prostata saratoni borligi aniqlangandi. 22-dekabr kuni umumiy narkoz ostida undan o‘simta olib tashlangan, shundan keyin u kasalxonadan chiqqan. Biroq, 2024-yil 1-yanvarda u asoratlar tufayli qayta kasalxonaga yotqizilgan, uning qorin sohasi, bel va oyoq qismida kuchli og‘riq kuzatilgan. O‘shanda Pentagon rahbarida siydik yo‘llarining infeksiyasi aniqlangan.

Vazir to‘rt kun intensiv terapiya bo‘limida bo‘lgan. O‘shanda Pentagon prezident Jo Bayden va uning administratsiyasini bu haqda xabardor qilmagan. Oq uy bundan faqat 4-yanvar kuni xabar topgan. 23-yanvar kuni Ostin jamoatchilikka ko‘rinish bergan. OAV u vazn yo‘qotgani va holdan toygan ko‘rinishda bo‘lganini qayd etgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »