Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent shahar Yashnobod tumanida o‘zaro guruhbozlikka yo‘l qo‘ygan bog‘cha direktoriga chora ko‘rildi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xabar berdi

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Aytilishicha, boshqarma ishchi guruhi tomonidan 2024-yil 11-22-yanvar kunlari Yashnobod tumanidagi 557-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida xizmat tekshiruvi o‘tkazildi. Unga ko‘ra, mualliflarning davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatidan norozi bo‘lib bildirgan shikoyati o‘z tasdig‘ini topmadi. 

Shunga qaramay, 557-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori v.v.b lavozimida ishlab kelayotgan N.Tillaxodjayeva xizmat vazifasini lozim darajada bajarmasdan jamoada nosog‘lom muhit, o‘zaro guruhbozlik vujudga kelishiga yo‘l qo‘yib, o‘z vaqtida oldini olish choralarini ko‘rmasdan, natijada ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolar o‘rtasida ta’lim tizimiga nisbatan noto‘g‘ri fikrlar uyg‘otuvchi lavhalarning tarqalishiga sabab bo‘lgani, shuningdek, ta’lim muassasasida kunlik taomnomani o‘z vaqtida e’lon qilinib borilishini nazoratga olmagani sababli unga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan. 

Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotidagi mavjud qarzdorlik bo‘yicha qonuniy baho berish uchun tuman prokuraturasiga ma’lumotnoma kiritilgan. Ijtimoiy tarmoq orqali maktabgacha va maktab ta’limi vaziriga qilingan foto murojaat feyk xabar va asossiz ekanligi bildirildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »