Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Taniqli rus rejissyori Leonid Gaydayning “Brilliant qo‘l” filmidagi epizod roli bilan tanilgan aktrisa Viktoriya Ostrovskaya 85 yoshida vafot etdi. Bu haqda teleboshlovchi Andrey Malaxov o‘zining Telegram kanalida xabar berdi.

Foto: “Brilliant qo‘l” filmidan

Viktoriya Grigoryevna Ostrovskaya 1938-yilda tug‘ilgan. U Karpenko Karo nomidagi Kiyev davlat teatr san’ati institutida o‘qigan, biroq komsomoldan haydalgani uchun diplom olish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan. Shunday kunlarning birida u avtobazada dispetcher bo‘lib ishlayotgan edi va tasodif tufayli “Brilliant qo‘l” filmiga rol o‘ynash taklifi kelib tushganda rozilik bergandi.

“Brilliant qo‘l” filmini suratga olish jarayonida Leonid Gaydayning yordamchisi Viktoriyani uchratib qoladi. Epizodik rol uchun unga yorqin tashqi qiyofali ayol kerak bo‘lgan. Rejissyor Viktoriya Ostrovskayani hech qanday kastingsiz filmga qabul qilgan. Keyinroq u “Eski tanish” filmida suratga tushgan va shu bilan kino sanoatida faoliyatini to‘xtatgan.

Foto: Starhit

“Bir necha yil avval Viktoriya mening teledasturimda mehmon bo‘lgandi. Mish-mishlarga ko‘ra, uning qarindoshlari sobiq aktrisani nochorlikda butunlay yolg‘iz tashlab qo‘yishgan ekan. Naqadar achinarli taqdir”, deb yozadi Malaxov.

Filmda Viktoriya yengil tabiatli ayol rolini o‘ynagani sababli tomoshabinlar uni boshqa kinolarda boshqa obrazga loyiq ko‘rmadi. Moliyaviy qiyinchiliklar, yosh bola bilan yolg‘iz qolish, kasal onani parvarish qilish, bir necha marta kasbni o‘zgartirish — bularning barchasi aktrisada depressiyani keltirib chiqargan edi. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »