Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shayxa Moza bint Nosir al-Misnid Qatarning uchinchi amiri Shayx Hamad ibn Xalifa al-Taniyning ikkinchi ayoli, yetti (!) farzandning onasi, dunyodagi eng zamonaviy birinchi xonim, siyosiy va ijtimoiy faol davlat arbobidir.

Foto: Enkelmann

Moza xonim ta’lim va madaniyat jamg‘armasi raisi, turli xayriya tashkilotlari rahbari va shunchaki go‘zal ayol sifatida tanilgan. Uning nomi ko‘plab loyiha va madaniy tashabbuslari, shuningdek, Londondagi eng hashamatli saroyi bilan ham bog‘liq.

Foto: Bangkokbook

Shayxa Moza Buyuk Britaniyaga tashrif buyurganida Londondagi uyida qoladi. Uning ko‘plab hashamatli turar joylari bo‘lishiga qaramay, bu saroy alohida e’tiborga loyiq. Bino Sent-Jon-Vud tumanining nufuzli hududida joylashgan va taxminan 6000 m² maydonni egallaydi.

Bir necha yillar avval shayxa Londonda uchta hashamatli uy sotib oldi va ularni qasrga aylantirdi. 13 xonali saroyda barcha sharoitlar muhayyo: sartaroshxona, massaj xonalari, yirik suzish havzasi, sport zali, ko‘ngilochar xona, limuzinlar garaji – bularning bari faqat minus birinchi qavatda!

Shayxa Mozaning dabdabali uyi qanday ko‘rinishda?

Foto: Dzen

Tashqi tomondan uy haqiqiy saroyga o‘xshaydi. Fasadlar och rangli toshdan yasalgan va nafis elementlar bilan bezatilgan. Keng deraza va eshiklar ichkaridan bog‘ning ajoyib ko‘rinishini ochib, maksimal yorug‘lik va toza havo bilan ta’minlaydi.

Foto: Dzen

To‘rt qavatli uyda barcha qulayliklar va hashamat mavjud: qimmatbaho gilamlar, suratlar bilan bezatilgan keng xonalar, nafis mebel va idish-tovoqlar, har qanday istagingizni bajarishga tayyor bo‘lgan xizmatchilar sizga muntazir.

Saroy ichida nima gap?

Foto: Dzen

Uyga kirib kelishingiz bilan sizni hashamatga to‘la muhit kutib oladi: devorlar turli mozaika va rasmlar bilan bezatilgan, pollarga qimmatbaho gilamlar to‘shalgan. Aksariyat mebellar haqiqiy yog‘ochdan yasalgan bo‘lib, oltin va kumush bilan qoplangan.

Birinchi qavat mehmonxona, oshxona va katta ziyofat zalidan iborat. Ikkinchi qavatda dam olish joylari, chekish zonasi (ha, bunday xona ham bor ekan) va uchta ko‘ngilochar xona mavjud.

Foto: Mail.ru

Uchinchi qavatda yotoqxonalar, garderob xonalari va ofis joylashgan. Oxirgi qavat bolalar uchun mo‘ljallangan: undan keng o‘yingoh, bolalar maydonchasi va enagalar xonasi o‘rin olgan.

Saroyning bir qismi ishchilar uchun alohida zonadan iborat: umumiy oshxona, xavfsizlik idorasi, video-kuzatuv punkti va boshqalar shular jumlasidandir.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »