Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev fuqaro murojaatlari ijrosini ta’minlashda rahbarlarning ko‘zbo‘yamachilikka yo‘l qo‘yayotgani haqida aytib, muammoni yechishga borgan hokimlar shunchaki rasmga tushib, qaytib kelayotganini tanqid qildi. Bu haqda “Daryo”ga hokimlik axborot xizmati rahbari Behzod Qobulov xabar berdi. 

Zoir Mirzayev.
Foto: Videodan kadr

Zoir Mirzayevning aytishicha, unga kuniga aholidan 70-80 ta murojaat kelib tushmoqda. 

Menga qilinayotgan murojaatlar ijrosi bo‘yicha hokimlarga skrinshot qilib tashlab yuboraman. Lekin bajarilgani xususida menga faqat To‘raqul Sodiqovich rasmi bilan berdi. Qolgan birorta hokim bermadi. Kuniga taxminan 70 ta murojaat bo‘lgach, bir haftada 413 ta murojaat bo‘libdi. Barcha murojaatlarni hokimlarga, tashkilot rahbarlari va o‘rinbosarlarimga yuboryapman. Fuqaro to‘g‘ridan to‘g‘ri menga murojaat qilyapti. “Siz hokimga aytgan ekansiz, rahmat keldi”, deb yozadi. Bir haftadan so‘ng, “Keldi, shu bilan yo‘q bo‘lib ketdi. Faqat rasmga tushirib ketdi. Ishim hal bo‘lmadi”, deydi. To‘g‘ri, men rasm so‘rayman-da, — deydi Zoir Mirzayev bu haqda gapirar ekan. 

Viloyat rahbari murojaatlarni qabul qilish va ijroga yo‘naltirish vazifasini matbuot kotibi Behzod Qobulovga yuklatganini aytib, “haftasiga 400 nafar fuqaro murojaat qilsa, alohida qabul qilib nima qilaman, shunaqa tartibda ishlaganim ma’qul emasmi?” deydi. 

Foto: Videodan kadr

Hokim unga onlayn tarzda qilinayotgan murojaatlar orasida “Sizning qabulingiz bo‘libdi, lekin biz bilmay qolibmiz”, deb yozuvchilar ko‘pligini ta’kidlaydi. 

Shuning uchun fuqarolarga viloyat hokimi qabuliga yozilish uchun Xalq qabulxonasiga murojaat qilishi kerakligini, qaysi qabulxonada murojaatlar soni ko‘paysa, o‘sha qabulxonaga onlayn ulanib, qabul o‘tkazish mexanizmini qilishimiz kerak, — deydi viloyat hokimi.

Zoir Mirzayevning aytishicha, prezident portaliga qilingan murojaatlar bilan shaxsan tuman hokimi boshchiligidagi sektor rahbarlari shug‘ullanishi kerak. 

Foto: Videodan kadr
Men fuqaro murojaati bo‘yicha rayon hokimiga, tashkilot rahbariga yozyapman. O‘sha muammo mahalla raisi yoki yoshlar yetakchisi gaplashib, spravka qilingan holda yopiladigan bo‘lsa, demak o‘sha hududda hokim joyidamas. Aslida, prezident portaliga yozilgan murojaatni tuman hokimi va sektor rahbarlarining shaxsan o‘zi hal qilishi kerak. Men shaxsan murojaatni o‘zim yozib bersam-u, uni mahalla raisi yoki yoshlar yetakchisi joyiga borib, ma’lumotnoma qilib, yopib kelaversa, hokimlar buni boshqacha tushunyapsilar. Fuqaro murojaatlariga yuzaki qarayapsizlar, — dedi hokim.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »