Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev quyi tizim rahbarlari — shahar va tumanlarda faoliyat yurituvchi hokimlar davlat dasturlari va qarorlarini o‘qimasligini, rejasiz ishlashini aytib, ularni tanqid qildi. Bu haqda “Daryo”ga Zoir Mirzayevning matbuot kotibi Behzod Qobulov xabar berdi. 

Aniqlik kiritilishicha, hokim bu haqda o‘tgan dushanba, 12-fevral kuni hokimlik soatida gapirgan. 

Zoir Mirzayev.
Foto: Videodan kadr
Prezidentimiz har safar aytadi, davlat dasturlari, qarorlarini pastdagi hokimlar o‘qisa, bu noinsoflarning fikri o‘zgaradi deydi. O‘qimaydi, o‘qimaydi, o‘qimaydi. O‘qimaymiz-ku. Rejasiz ishlaymiz-ku, bitta selektor bo‘lsa, rayonda o‘sha kuni hamma narsa to‘xtaydi. Soat oltidan boshlab, hayot yo‘qmi? Mahalla tizimi 6-7 dan turib, madhiya bilan ishni boshlagan paytda hokimiyat to‘qqizgacha uxlab yotsa, bu mantiqqa to‘g‘ri keladimi? Mahalla uyg‘ondi. Mayli, ikki og‘zi qiyshiq muhokama qilyapti. Muhokamasini pishirib yesin. Lekin mahallaning beshligi ertalab, oltida uyg‘oq degani, mahallada hamma narsa nazoratda degani. Madhiyani aytib, ertalab oltida ishxonasida bo‘ldi degani, mahalla uning uyi. Bunaqa paytda hokimlar uxlab yotsa, to‘qqizda ham ishga kelolmasa? Selektorga 15 minut kechikib kelishni kasb qilib olgan rahbarlar bo‘lsa. Majlisga tayyorlanmasa, tahlil qo‘limizda bo‘lmasa, ikkita odam bilan gaplashishga saviyamiz yetmasa, qayerga qarab ketyapmiz, hurmatli hokimlar?, — dedi hokimlarni tanqid qilgan viloyat rahbari.

Viloyat rahbarining aytishicha, tadbirkor, fuqaro va ish o‘rni beraman degan inson bilan muloqot qilishi uchun hokimlarda saviya bo‘lishi kerak. 

Buning uchun davlatimiz rahbari aytganidek, qarorni o‘qish kerak, o‘qishni bilish kerak, — deydi Zoir Mirzayev.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »