Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

NATO bosh kotibi Yens Stoltenbergning aytishicha, Ukrainaning alyansga qo‘shilishi Kiyev zarur shartlarni bajarganidan so‘ng darhol amalga oshadi.

Shuningdek, u barcha ittifoqchilar bu qarorni qo‘llab-quvvatlashiga umid bildirdi. Stoltenbergning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat NATOga a’zo bo‘lishga har qachongidan ham yaqinroq.

Foto: Google Images
“Ukraina hozir har qachongidan ham NATOga yaqin... Alyansga qabul qilish barcha ittifoqchilar bunga rozi bo‘lganda va buning uchun barcha shartlar bajarilganda amalga oshiriladi”, — dedi Stoltenberg. 

Bosh kotibning aytishicha, alyans Ukrainaga million dona dron yetkazib berishni rejalashtirmoqda. Bundan tashqari, 20 ittifoqchi minalardan tozalash koalitsiyasida ishtirok etishga rozi bo‘ldi. Yens Stoltenbergning qo‘shimcha qilishicha, NATO Polshada Ukraina uchun yangi o‘quv markazi tashkil etishga qaror qilgan.

AQSH prezidenti Jo Bayden Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan muzokaradan so‘ng Ukraina “shubhasiz NATOga qo‘shilishi”ni aytgandi. Unga ko‘ra, qo‘shilish masalasi mamlakatda harbiy harakatlar to‘xtatilgandan keyin ko‘rib chiqiladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »