Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Muhtasham yuz yil” tarixiy dramasi allaqachon klassikaga aylanib ulgurdi. Syujet XVI asrda Usmonlilar imperiyasi hududida yashagan tarixiy shaxslarning taqdiriga asoslangan, ammo serialdagi hamma narsa ham haqiqat emas. Ssenariy mualliflari ba’zi qahramonlarni o‘zlari o‘ylab topishgan.

Sunbul og‘a

Foto: Grazia

Haram og‘asi haqiqatan ham turk haramlarining ajralmas qismi sifatida katta ta’sirga ega bo‘lgan. Ammo serialda ko‘rsatilgan hamma narsa haqiqat emas. Yorqin hazil tuyg‘usiga ega Sunbul og‘a tarixiy shaxs bo‘lmagan. To‘g‘rirog‘i, u To‘pqopida, faqat butunlay boshqa davrda yashagan. Yozuvlarga ko‘ra, turk sultonining haramida Ibrohim tentak (Ko‘sem sultonning o‘g‘li) qo‘l ostida shunday ismli amaldor xizmat qilgan. “Muhtasham yuz yil”dagi Xurram sultonning bunchalik yaqin sodiq xizmatkori bo‘lishi esa haqiqatga zid.

Kastiliyalik Izabella

Foto: Grazia

Izabella Fortuna — turklar tomonidan asirga olingan go‘zal malika, aslida, u Sulaymon bilan hech qachon uchrashmagan. Agar shunday bo‘lganda ham, u sultonning buvisi tengi bo‘lardi, chunki u “Muhtasham yuz yil”dagi davrdan ancha oldin yashagan. Aslida kastiliyalik Izabella Sulaymonning raqibi Karl V ning buvisi edi, shuning uchun bunday romantik dramalar bo‘lmagan va bo‘lishi ham mumkin emas. Bularning barchasi syujetning keskin va qiziqarli bo‘lishi uchun ssenariy mualliflari tomonidan o‘ylab topilgan.

Feruza xotun

Foto: Grazia

Feruza sultonning kanizagi bo‘lib, “Muhtasham yuz yil”ning 64-qismida tasvirlangan. Xurram sultonning o‘zi uni sotib oladi va haramga xizmatkor sifatida olib keladi. U qizi Mehrimoh bilan do‘stlashib, jajji Jahongir bilan til topishib, Xurramning qalbini eritib yuboradi. Aslida Feruza ismli kanizak hech qachon bo‘lmagan va uning barcha intrigalari faqat ekranda edi. Biroq muxlislar Jansu Derani filmdagi timsoli uchun shunchalik yomon ko‘rib qolishadiki, aktrisani ochiqchasiga haqorat qilishgacha borishgan. Hatto serial ijodkorlariga xat yozib, uni loyihadan chetlashtirishni talab qilishgan.

Sodiqa xotun

Foto: Grazia

Sodiqa Xotun — Sulaymon sultonning yana bir kanizaklaridan biri bo‘lib, Xurramning asablarini o‘ynatgan bu makkora ayol ham ssenariy mualliflarining to‘qimasi. Umuman olganda, kinodagi Xurram sultonning asosiy raqiblari, Mohidavrondan tashqari, haqiqatan hayotda bo‘lmagan shaxslar. Ular serialni qiziqarli qilish va aksariyat ayol tomoshabinlarni asabiylashtirish uchun o‘ylab topilgan. Ammo Xurram sultonning qonuniy xotini bo‘lgandan so‘ng, Sulaymon haramni chindan ham tarqatib yuborgan.

Faxriya xalfa

Foto: Grazia

Avvaliga Diana, keyinchalik Faxriya xalfaga aylangan ayol Mustafoning buyrug‘i bilan To‘pqopiga kelib qolgan o‘g‘ri. Qiz yaxshigina amalga ega bo‘ladi: u bosh xalfa bo‘lib, xazina va haramni boshqarishni o‘z zimmasiga oladi. Dastlab u Xurramga qarshi ishlatiladi, ammo keyin u ikki tomonlama josusga aylanadi. Ammo hayotda Roksolananing bunday xizmatkori bo‘lmagan, ssenariy mualliflari haramdagi bir qator voqealarni ko‘rsatish uchun Sodiqa xalfa obrazini yaratishgan.

Mehriniso sulton

Foto: Grazia

Mehriniso shahzoda Mustafoning qonuniy rafiqasi, Mehmedning onasi va Barbarossaning qizi. Aslida Xizr Raisning bolalari haqida hech qanday ma’lumot yo‘q — uning merosxo‘ri bo‘lmagan, ayniqsa, qiz farzand ko‘rmagan. Shahzoda Mustafoning xotini esa Rumeysa bo‘lgan.

Mohidavron Sulton Sulaymonning xotini bo‘lmagan

Foto: Grazia

Serialda Mohidavron qayta-qayta sulton xonim deb ataladi, lekin Sulaymon bu unvonni faqat Xurram uchun maxsus kiritgan va bundan oldin birorta ayol bunga loyiq ko‘rilmagan. Sulton xonim — bu unvonni faqat hukmdorning qonuniy xotini, ya’ni nikohidagi ayol olishi mumkin bo‘lgan, lekin Mohidavron bunday emas edi. Sulton xonim podshohning yagona xotini deb ham atalgan va u juda katta imtiyoz va kuchga ega edi. Faqat volida sulton (sultonning onasi) maqomi undan yuqori bo‘lgan. Mohidavron sultonning sevgilisi va shahzoda Mustafoning onasi edi, xolos. Tarixda esa u Xurramga uyushtirgan muvaffaqiyatsiz suiqasdidan so‘ng umrbod eski saroyga surgun qilingan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »