Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Mikroinsult nima va u insultdan nimasi bilan farq qiladi?

Mikroinsult yoki tranzitor ishemik xuruj — miyaga qon yetib borishining qisqa muddatga to‘xtashi. Holat bir necha daqiqa davom etadi, so‘ng qon aylanishi me’yoriga qaytadi. Insultdan farqli tarafi shundaki, mikroinsult insonga butun umrlik zarar yetkazmaydi. Insultda esa nutq, harakat yo‘qolishi mumkin. Mikroinsult bizga hayot tarzimizni o‘zgartirish vaqti kelganligi haqida ogohlantirish beradi.

Foto: Gas-kvas

    Insult va mikroinsultning dastlabki belgilari deyarli bir xil:

  • yuz mushaklarini nazorat qila olmaslik — bunda bemor tabassum qila olmaydi ikkala ko‘zini baravariga yopa olmaslik;
  • qo‘llarni ko‘tarib, ularni ushlab turolmaslik;
  • bir qo‘l uvushib qolishi;
  • nutqning mujmal bo‘lishi;
  • tananing bir tomonida falajlik;
  • to‘satdan ko‘rmay qolish;
  • bosh aylanishi;
  • ko‘ngil aynishi;
  • ongda chalkashlik;
  • tanani muvozanatda ushlab turolmaslik;
  • yutishda qiynalish.

Mikroinsult kelib chiqish sabablari

Ko‘p holatlarda mikroinsult kelib chiqishiga bosh miya qon tomirlarida aterosklerotik tromblar to‘planishi sabab bo‘ladi. Ular miya to‘qimalarini oziqlantiruvchi arteriyalarda qon oqimini to‘xtatib qo‘yadi. Bosh miyaning alohida qismlari gipoksiyadan zararlanadi va kichik ko‘rinishdagi patologik o‘zgarishlar shakllanadi.

Foto: Cerg-crb

Ko‘p hollarda mikroinsult boshqa bir somatik kasalliklar bilan birga keladi. Masalan, quyidagi kasalliklardan aziyat chekuvchi insonlarda qon quyilishlar sodir bo‘lish ehtimoli bor:

  • yuqori qon bosim;
  • qandli diabet;
  • xolesterin darajasi oshishi;
  • qon quyuqlashib ketishi;
  • yurak klapanlarining yetishmasligi;
  • taxikardiya.

Doimiy stress, chekish, kamharakatlik, ortiqcha vazn kabi omillar ham mikroinsult kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.

Mikroinsult qanday davolanadi?

Foto: Cerg-crb

Yuqorida keltirilgan belgilardan bir yoki bir nechtasi kuzatilsa, zudlik bilan tez tibbiy yordam chaqirish lozim. O‘z vaqtida berilgan yordam keyinchalik 1-2 kun ichida yuz berishi mumkin bo‘lgan haqiqiy insultning oldini oladi.

Tez tibbiy yordam kelgunga qadar bemor tinch joyda bo‘lishi, boshining ostiga yostiq qo‘yish kerak bo‘ladi. Xonaga toza havo kirishini taʼminlash zarur. Tor kiyimlar yechiladi yoki yoqalari ochiladi. Uy sharoitida oyoqlar issiq vanna qilinadi, bemorga tabiiy vositalardan tayyorlangan tinchlantiruvchi preparatlar beriladi (valeriana yoki boyarishnik ekstrakti). Bosh va bo‘yin sohasini yengil massaj qilish ham yaxshi samara beradi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »