Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent shahar hokimligi 18-feval kuni kuchli qor yog‘ishidan ogohlantirdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Xabarda 18-fevral kuni kuchli qor yog‘ishi, kamida 12 soat davom etishi kutilayotgani, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yog‘ingarchilik hajmi ikki oylik me’yordan oshishi bildirildi. Birozdan so‘ng xabar tahrirlanib, qor yog‘ishi bir necha soat davom etishi ko‘rsatildi. 

Shu munosabat bilan poytaxt hokimligi aholidan quyidagilarni so‘radi:

  • zaruratsiz uydan chiqmaslikni, shaxsiy transport vositalaridan foydalanishni minimallashtirishga harakat qilishni va harakatlanish uchun jamoat transportidan foydalanishni;
  • qor va muz massalari tushishi mumkin bo‘lgan ko‘p qavatli binolardan saqlanishni;
  • quloqchin taqqan holda tashqariga chiqmaslikni (bu yaqinlashib kelayotgan mashina yoki qor tushishini eshitmay qolishingizga olib kelishi mumkin);
  • avtomobillarni ko‘p qavatli bino va inshootlar, shuningdek, daraxtlar tagida qoldirmaslikni.

Shuningdek, elektr yoki gaz ta’minotida uzilishlar yuzaga kelgan taqdirda Markaziy dispetcherlik xizmatining 1055 raqamiga yoki Telegram orqali murojaat qilish mumkinligini bildirib o‘tdi.

Ma’lum qilinishicha, qor yog‘ishi oqibatlarini tezkorlik bilan bartaraf etish uchun hokimlik xizmatlari, Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi, Toshkent shahar obodonlashtirish bosh boshqarmasi va boshqa tegishli tashkilotlar shay holatda.

“O‘zgidromet” bergan ma’lumotga ko‘ra, Toshkentda 18-fevral kuni harorat kechasi 3-5 daraja sovuq, kunduzi 0-2 daraja iliq bo‘ladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »