Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Amerika va Yevropa davlatlarida shunday odat bor: farzandlarining sut tishlari tushganda ularga “tish parisi” biror sovg‘a olib keladi. So‘nggi yillarda bolalar sovg‘a sifatida qimmatbaho buyumlarni so‘rash holatlari ko‘payib ketdi. Bu haqda The Wall Street Journal yozmoqda.

Foto: medaboutme

2023-yilda stomatologiya sohasidagi sug‘urta kompaniyasi “Delta Dental” so‘rovnoma o‘tkazdi. Unga ko‘ra, tushgan sut tishi uchun har bir bolaga taxminan 6,23 dollar to‘lanadi, bolalarning 20 foizi sovg‘a ham oladi.

Ular ota-onasidan turli narsalar talab qiladi. Masalan, pul, kompyuter o‘yinlari, iPhone olib berishni so‘raydi. Bu borada ota-onalar o‘zaro raqobatlashib, farzandlariga boshqalarnikidan a’lo sovg‘a olishga harakat qiladi.

Buyuk Britaniyalik Chidera Nig mahalliy gazetaga aytib berishicha, tish parisi qiziga 60 funt sterling pul, tabriknomalar, kumush zanjir va Louis Vuitton bilakuzugini “sovg‘a qilgan”. Katta sarf-xarajatni ota-onalar farzandini shu tariqa qo‘llab-quvvatlashi bilan izohlashadi.

Yuqoridagi fikrga qo‘shilmaydigan ota-onalar ham bor. Janubiy Karolinadagi ofitsiant Jenni Pirs olti yoshli o‘g‘liga tushgan sut tishi uchun 2 dollar hadya qilgan. U kanadalik bir ayol qiziga 100 AQSH dollari sovg‘a qilganini eshitib, taajjubda qolgan.

Menimcha, sut tishlari tushishini bayram qilib yuborish kerak emas. Sovg‘a ortidan ota-onalar o‘zaro raqobatlashish o‘rniga farzandiga ko‘proq e’tibor va mehr berishi har qanday moddiy boylikdan afzalroq, — deya fikr bildirdi Pirs.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »