Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Zamonaviy voqeliklar oilaviy munosabatlarning yangi qoidalarini talab qilmoqda. Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, hozirda kam byudjetli aksariyat nikohlar uzoq davom etmayapti. Shuning uchun ayrim qizlar farovon va tashvishsiz hayot kechirish uchun milliarderga turmushga chiqishga qattiq intiladi. Shu bilan birga, badavlat inson bilan hayot yo‘lini bog‘lashni xushlamaydiganlar ham ko‘p.

26 yoshli Saudi Al-Nadak ismli qiz dubaylik milliarder 33 yoshli Jamal Al-Nadakka turmushga chiqqan. Ular 4 yil avval oila qurgan va hozirda Saudi o‘zi istagan shohona hayotda yashamoqda. Bu haqda u ijtimoiy tarmoqlarda yozib turadi.

Foto: Dzen
Foto: Dzen
“Milliarderning xotini bo‘lish — bu haqiqiy ma’noda to‘liq ish kunida mehnat qilishdek gap”, — deya shikoyat qiladi Saudi.

Dubaylik milliarderning rafiqasiga qo‘ygan talablari oddiy: u doimiy ravishda mukammal ko‘rinishda yurishi, jamiyatda o‘zini to‘g‘ri tutishi va... ko‘p pul sarflashi lozim.

Foto: Dzen

Saudi ham turmush o‘rtog‘iga bir nechta talablar qo‘ygan:

  • eridan har kuni qimmatbaho sovg‘alar olishi;
  • har oy xorijga oilaviy sayohatga borishi (Dubayda yashash zerikarli ekan);
  • milliarder xonim har oy erining daromadidan ma’lum miqdorda mablag‘ olishi shart.

Saudi oylik mablag‘lari miqdorini ochiqlamaydi, ammo uning aytishicha, to‘plagan pullari kelajakda farzandlarining to‘kin hayoti uchun yetadi.

Foto: Dzen

Oilaning hozircha farzandi yo‘q. Kelgusida farzandli bo‘lishi uchun Saudi turmush o‘rtog‘iga boshqa bir qator talablar qo‘ygan, ularni bajarganidan keyingina farzand tarbiyasi bilan shug‘ullanishini ma’lum qilgan.

“Farzandli bo‘lgach, menga yangi avtomashina, shaxsiy terapevt, trener, massajchi, va stilist kamlik qiladi”, — deydi ayol.
Foto: Instagram

Ijtimoiy tarmoqlarda milliarder xonimning bunday fikrlari qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Auditoriya ikkiga bo‘lingan: biri Saudining fikrlarini qo‘llab-quvvatlaydi va ayol kishi o‘zini ana shunday tarzda sevishi lozim deb hisoblaydi. Ikkinchi tomon Saudining bunday xatti-harakatini oqlamaydi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »