Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda tadbirkorlar endi sayyor soliq tekshiruvlari va soliq auditi qarorlari ustidan to‘g‘ridan to‘g‘ri sudga shikoyat qilishi mumkin. Prezident 20-fevral kuni imzolagan qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritildi.

Foto: “Daryo” / Murodjon Amirov

Qonun bilan Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, soliq organlarining sayyor soliq tekshiruvlari va soliq auditi natijalari bo‘yicha qabul qilingan qarorlari ustidan tadbirkorlarning to‘g‘ridan to‘g‘ri sudga shikoyat qilishiga doir cheklovlar bekor qilindi hamda sudga shikoyat qilish imkoniyatlari kengaytirildi.

Shuningdek “Xo‘jalik shirkatlari to‘g‘risida”gi, “Masʼuliyati cheklangan hamda qo‘shimcha masʼuliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi va “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlarga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, tadbirkorlik subyektining ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda kreditorlarni yozma ravishda xabardor qilish va OAVlarda bu haqda eʼlon berish talabi bekor qilindi.

Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan tadbirkorlik sohasidagi ayrim byurokratik tartib-taomillarni bekor qilishga qaratilgan ushbu qonun 2023-yilning dekabrida Senat tomonidan maʼqullangandi.

Bunga qadar tadbirkorlar sayyor soliq tekshiruvi va soliq auditi natijalaridan norozi bo‘lgan taqdirda, ularning shikoyatlari dastlab yuqori turuvchi soliq organi tomonidan ko‘rib chiqilishi, shundan keyingina sudga shikoyat qilishlari mumkin edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »