Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qozog‘iston transport vaziri Marat Karabayev joriy yilning bahorida qor bilan eriydigan asfalt uchun oldindan uzr so‘radi. Bu haqda Tengrinews xabar berdi.

Foto: Tengrinews

Majlis arafasida transport vaziridan bahorda qor bilan birga qozoq yo‘llarining necha kilometrida asfalt “erishi” so‘ralgan. Marat Karabayev hozirda mutaxassislar qo‘shimcha hisob-kitoblar olib borayotgani va bunday hududlar haqida oldindan xabardor qilishlarini aytgan.

“Bular qaysi uchastkalar ekanini oldindan maʼlum qilamiz. Buning uchun albatta uzr so‘raymiz. Bu uchastkalarda 2024-yilda taʼmirlash ishlarini olib borishni rejalashtirganmiz. Haqiqatan ham davlat tomonidan zamonaviy yo‘llar qurish uchun katta mablag‘ ajratilmoqda. Ammo bu mablag‘ning salmoqli qismi yirik tranzit yo‘nalishlariga, ya’ni respublika yo‘llariga ajratiladi. Oqibatda pulning asosiy qismi xalqaro tranzit yo‘nalishlariga ketadi, biroq hududlar ichida ta’mirlash ishlarini olib borish uchun mablag‘ yetishmayapti”, — dedi transport vaziri.

Karabayevning qo‘shimcha qilishicha, joriy yilda vazirlik tomonidan qayta ishlash usulidan foydalangan holda o‘rta hajmdagi yo‘llarni taʼmirlash bo‘yicha yangi dastur ishlab chiqilmoqda.

“Bu yo‘l asosini qayta ishlash va uning ostiga ikki qavat asfalt yotqizishni anglatadi. Bir kilometr yo‘lni rekonstruksiya qilish bir milliard tengega yaqin turadi. Yangi usul bilan bir kilometr taxminan 150 millionga tushadi. Pulni yetti barobar tejaymiz”, — deb tushuntirdi Karabayev.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »