Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Aniqlanishicha, bolalar smartfondan qanchalik erta foydalanishni boshlasa, kelajakda ularda shunchalik ko‘p ruhiy kasalliklar paydo bo‘ladi. 6 yoshdan boshlab ijtimoiy tarmoqlarda faol bolalarda depressiya va tushkunlikka tushish ehtimoli ortadi.

Foto: Kids bebus

Sapien Labs xalqaro tadqiqot tashkiloti olimlari smartfon va turli gadjetlardan erta foydalanish bolaning kelajakdagi hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini aniqladi. Tadqiqotda 18 yoshdan 24 yoshgacha bo‘lgan 27 ming nafar yoshlar ishtirok etdi.

Unga ko‘ra, maktabgacha yoshda telefondan foydalanishni boshlagan bolalarda boshqalarga qaraganda o‘z joniga qasd qilish fikri, aybdorlik va tajovuzkorlik hissi ko‘proq uyg‘ongan. Smartfon bilan o‘smirlikda tanishgan bolalar esa o‘zlariga bo‘lgan ishonchi yuqori bo‘lib, tengdoshlar bilan sog‘lom munosabatlar o‘rnata olgan.

Foto: thesun.co.uk

Telefonga qaramlik bolalarning jismoniy salomatligiga yomon ta’sir o‘tkazish bilan birga:

  • psixik rivojlanish bosqichini keskin o‘zgartirib yuboradi va bolaning diqqati buziladi;
  • idrokni o‘zgartiradi, psixologik og‘ishlar yuz beradi, pornografik qaramliklar kelib chiqadi.
Foto: Sparklogic

Ota-onalar ko‘pincha bolasi telefonni qo‘ymasa g‘azablanadi, aslida ular o‘sha paytda o‘zlari telefonda gaplashayotgan bo‘ladi. Psixologlarning fikricha, bunday tarbiya modelidan voz kechish kerak. Agar oilada gadjetlardan foydalanish taqiqlangan bo‘lsa, kattalar ham mazkur qoidaga amal qilishi shart. Bunday yo‘l orqali bola psixikasining barqarorligini ta’minlash mumkin.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »