Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakatga Yevropa qo‘shinlarini yuborish ehtimoliga munosabat bildirdi. Bu haqda “Ukrainskaya pravda” xabar berdi.

Foto: Ukraina prezidenti matbuot xizmati

Zelenskiy Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning Kiyevga navbatdagi tashrifi chog‘ida u bilan Ukrainaga qo‘shin yuborish tashabbusini muhokama qilmoqchi. Siyosatchi Rossiya bilan urushda Ukrainaning mudofaa qobiliyatini oshiradigan har qanday tashabbus yaxshi bo‘lishini ta’kidladi.

“Men o‘sha sammitda (26-fevral kuni Parijda bo‘lib o‘tgan Ukrainaga yordam bo‘yicha xalqaro konferensiya) qatnashmaganman. U (Makron) Ukrainaga kelganida mamlakatni mustahkamlash bo‘yicha ma’lum yangi g‘oyalar haqida gaplashishini va ma’lumot almashishini aytdi. Bu mart oyining o‘rtalarida bo‘lishi kerak.
Dunyodagi har qanday tashabbus Ukrainani mustahkamlasa, bu butun dunyo uchun foydalidir. Tushunish kerak bo‘lgan eng muhim narsa shuki, biz turli tashabbuslarni ilgari surganimizda, ularning barchasi ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi qadamga o‘xshaydi. Birinchi qadam esa himoya qilish va kuchli bo‘lib qolishdir”, — deya qo‘shimcha qildi Ukraina prezidenti.

Parijda 26-fevral kuni Yevropa rasmiylari ishtirokida Ukrainani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Ukrainaga qo‘shinlar yuborish ehtimolini inkor etmadi. Bu ma’lumotni Slovakiya bosh vaziri Robert Fiko ham qo‘llab-quvvatladi. 

Kreml bu holatda “biz Rossiya va NATO o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘qnashuv ehtimoli haqida emas, balki muqarrarligi haqida gapirishimiz kerak” deya munosabat bildirdi. NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg alyans Ukrainaga o‘z qo‘shinlarini yuborishni rejalashtirmayotganini aytdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »