Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston 2030-yilgacha 30 milliard dollarlik davlat – xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirmoqchi. Bu haqda prezidentning iqtisodiy rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi Ravshan G‘ulomov maʼlum qildi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri. 

Foto: Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Bugun, 29-fevral kuni Toshkent shahrida Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Xalqaro moliya korporatsiyasi hamkorligida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida davlat – xususiy sheriklikni (DXSH) rivojlantirish maqsadlariga doir davra suhbati o‘tkazilmoqda.

Foto: Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Muloqotda 200 dan ortiq davlat organlari vakillari, mahalliy va xalqaro moliya institutlari ekspertlari hamda investorlar ishtirok etmoqda.

Tadbirda prezident maslahatchisi Ravshan G‘ulomov 2030-yilgacha O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotini 160 milliard dollarga yetkazish maqsad qilingani, bu natijaga erishishda xususiy sektorning faol ishtiroki muhimligini aytdi.

Ravshan G‘ulomov
Foto: “Daryo”
Kelgusi 6 yilda yalpi ichi mahsulotimizni aholi jon boshiga 4 ming dollardan oshirishni va shu orqali o‘rta yuqori daromadli mamlakatlar qatoriga qo‘shilishni rejalashtirganmiz. Bunday o‘sishni rag‘batlantirish uchun bozor islohotlari, xususiy sektorning faol ishtiroki va qo‘shimcha investitsiyalar talab etiladi. Shuning uchun prezident tomonidan 2030-yilga qadar 30 milliard dollarlik DXSH asosidagi loyihalarni amalga oshirish vazifasi belgilab berilgan. Respublikamizda DXSH yo‘nalishi 5 yil avval boshlangan. Hozirgacha bu sohada jami 17 milliard dollarlik, mingdan ziyod loyihalar amalga oshirilib kelinmoqda. Ayniqsa, elektr energiyasi ishlab chiqarish, qayta tiklanuvchi energiya manbalariga o‘tishga DXSH eng katta hissa qo‘shmoqda”, — dedi prezident maslahatchisi.
Foto: Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Davra suhbatida ekspertlar mamlakatda DXSH sohasini rivojlantirishda nimalarga eʼtibor qaratish zarurligi borasida fikr–mulohazalarini bildirmoqda. Iqtisodiyot va moliya vazirligi muloqotdan olingan g‘oya va tavsiyalarni amaliyotga tatbiq etish niyatida ekanini maʼlum qildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »