Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shavkat Mirziyoyev 1-mart kuni Urganch shahridagi Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy-akademik litseyni borib ko‘rdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Taʼlim muassasasi 2023/2024-o‘quv yilidan faoliyat boshlagan. 300 o‘rinli zamonaviy binoda yoshlarning taʼlim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Ular bu yerda aniq fanlar yo‘nalishida ikki yil taʼlim oladi. O‘quv xonalari eng so‘nggi rusumdagi multimedia va kommunikatsiya vositalari bilan jihozlangan. 

Litsey axborot-resurs markazida 7 mingdan ortiq o‘quv va badiiy kitoblar, 11 mingdan ortiq elektron adabiyotlar bor. U viloyatdagi oliy taʼlim muassasalari hamda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tarmog‘iga ulangan. Shuningdek, bu yerda Jaloliddin Manguberdi muzeyi, yopiq turdagi sport zal hamda ochiq maydondagi sport shaharchasi, saf maydoni, oshxona va yotoqxona mavjud.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

O‘quvchilar darsdan tashqari o‘ndan ortiq fan, axborot texnologiyalari, ijodiy to‘garaklar hamda sport mashg‘ulotlarida ishtirok etadi. Bepul kiyim-kechak, to‘rt mahal issiq ovqat bilan taʼminlanadi.

Davlat rahbari muassasa, bu yerdagi taʼlim jarayonlari bilan tanishdi. O‘qituvchi va o‘quvchilar bilan suhbatlashdi. Jaloliddin Manguberdining vatanparvarligi, jasorati yosh avlod uchun ibrat ekanligi taʼkidlandi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
“Bu yerda aniq fanlar o‘qitilishi yaxshi. Shu bilan birga, dars jarayonlarida vatanparvarlik tarbiyasiga alohida eʼtibor qaratish, qadriyatlarimizni ham o‘rgatish lozim. Shunday bo‘lishi kerakki, milliy ruh va g‘urur yoshlarning eng kuchli quroli bo‘lishi kerak”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Harbiy-jangovar qudrat, yuksak maʼnaviy salohiyat yurt himoyachilarining muhim tayanchi ekaniga urg‘u berildi. Litsey Urganch davlat universiteti hamda Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti bilan hamkorlik o‘rnatgan. 

Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Shuningdek, Urganch shahridagi 3-umumtaʼlim maktabi o‘quvchilari bilan harbiy-vatanparvarlik tadbirlari, sport musobaqalari o‘tkazib kelinmoqda. Bu tashabbusni boshqa maktablar bilan ham keng ko‘lamda tashkil etish rejalashtirilgan.

Shuning bilan Xorazm viloyatiga tashrif yakunlandi, davlat rahbari Toshkentga qaytib keldi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »