Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalari yuzasidan yig‘ilishda viloyat infratuzilmasini yaxshilashga alohida e’tibor qaratilishini aytdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ma’lum qilinishicha, 2024-yilda 119 ta ko‘p qavatli uy qurib, 3,5 mingta oilaning yashash sharoitini yaxshilash rejalashtirilgan. “Yangi O‘zbekiston” massivlari tashkil etilib, 100 ta ko‘p qavatli uy qurilishi boshlanadi.

Mutasaddilarga Xiva shahri, Shovot va Hazoraspni urbanizatsiya bo‘yicha namunali hududga aylantirish choralarini ko‘rish topshirildi.

Yil yakunigacha Urganch va Xiva shaharlari hamda Gurlan va Tuproqqal’a tumanlarida oqova suv tarmog‘ini qurish loyihasi boshlanadi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Elektr tarmoqlari, podstansiya va transformatorlarni to‘liq yangilash bo‘yicha uch yillik dastur ishlab chiqiladi. Bunda, 2024-yilda 1 ming kilometr tarmoq, 10 ta podstansiya va 500 ta transformatorni yangilash ko‘zda tutiladi.

Prezident kelgusi ikki yilda viloyatda tuproq yo‘llar umuman qolmasligi kerakligini ham aytdi.

Yaroqsiz yo‘llarning yarmini shu yilning o‘zida ta’mirdan chiqarish, Urganch—Shovot yo‘lining 20 kilometrini saqlashga xususiy sektorni jalb qilish topshirildi. Viloyatdagi 233 kilometr yo‘llar “hajm” usulida ta’mirlanishi, Tuproqqal’a, Hazorasp, Xonqa va Urganch tumanidan o‘tgan 4R-156 avtomobil yo‘lining 84 kilometri sement-beton qoplamaga o‘tkazilishi belgilandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »