Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston Markaziy banki 2024-yil fevral oyi uchun iste’mol kayfiyati sharhini e’lon qildi. Tadqiqotda respondentlarning daromad va xarajatlari, ularning jamg‘armaga moyilligi, shuningdek, kelajakdagi ehtiyojlari tahlil qilingan.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, 2024-yilning yanvar oyida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, aholining kelgusi 12 oydagi iqtisodiy kutilmalari III chorakka nisbatan sezilarli darajada yaxshilangan. Xususan, daromad va xarajatlari bo‘yicha kutilmalari hamda jamg‘arishga moyilligi oxirgi 3 yildagi eng yuqori darajaga ko‘tarilgan.

So‘rovda ishtirok etgan aholi vakillarining 73 foizi kelgusi 12 oyda daromadlari oshishini kutmoqda. Bu ko‘rsatkich avvalgi chorakka nisbatan 8 foiz bandga yuqoriroqni tashkil etgan. Shuningdek, daromadlari o‘zgarmasligini qayd etganlar ulushi 4 foiz bandga kamayib, jami respondentlarning 21 foizini, kelgusida daromadlari kamayishini taʼkidlaganlar ham 4 f.b.ga kamayib, 6 foizni tashkil etgan.

O‘zbekistonliklarning aksariyat qismi mablag‘larini uy-joy ta’miri (14,2 foiz), ta’lim (14,1 foiz), avtomobil (8,4 foiz), davolanish (11,3 foiz), uy-joy xaridi (4,3 foiz) hamda maishiy texnika xaridiga (6,8 foiz) sarflagan.

Kelgusi oylarda respondentlarning 16,1 foiz pul mablag‘larini uy-joy ta’miriga, 12,8 foizi — ta’limga, 8,1 foizi — avtomobil xaridiga, 8,5 foizi — davolanishga, 10,8 foizi — ko‘chmas mulkka, 6,2 foizi — to‘yga sarflash niyatida.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yil mart oyida PMTI ekspertlari O‘zbekistonda insonlarning hayoti davomida iste’mol xarajatlari va daromadlari, o‘zgarish xususiyatlari hamda qarz munosabatlariga kirishish holatini tahlil qilgandi. Unga ko‘ra, mamlakatdagi yosh oilalar daromadining asosiy qismini qarz to‘lashga sarflayotgani ma’lum bo‘lgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »