Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ikki egizak qiz haqidagi “Zita va Gita” filmi eng mashhur hind filmlaridan biri desak, yolg‘on bo‘lmaydi. Quyida mazkur film qanday suratga olingani va unda yuz bergan qiziqarli voqealar haqida ma’lumot beramiz.

1. Bir necha yil rejissyor yordamchisi sifatida ishlagan Ramesh Sippi 1971-yilga kelibgina o‘zining birinchi mustaqil filmi “Andoz”ni suratga oladi, film katta muvaffaqiyat qozonadi.

Shu bilan to‘xtab qolishni istamagan Ramesh darhol yangi filmi uchun g‘oya izlashga kirishadi. “Ram va Shiam” filmi tufayli unda egizak opa-singillar haqida film suratga olish g‘oyasi paydo bo‘ladi. Egizak aka-ukalar haqidagi g‘oyani u darhol rad etadi, aks holda u to‘rtinchi film bo‘lar edi. Lekin hind kinematografiyasida egizak opa-singillar haqida film bo‘lmagandi.

Qizig‘i shundaki, rejissyor Pramod Chakraborti 1967-yilda chiqqan va egizak aka-ukalar haqida hikoya qiladigan “Ram va Shiam” filmidan ilhomlanib, egizak opa-singillar haqida film suratga olishni rejalashtiradi. Lekin Ramesh Sippi allaqachon ushbu g‘oya ustida ishlayotganini bilib, uni ko‘chirmakashlikda ayblashmasliklari uchun bunday film suratga olishni istamaydi.

“Ram va Shiam”
Foto: Bollywoodtime

Shunga qaramay, keyinchalik Pramod Chakrabort “Qasoskor” filmini suratga oladi va u ham katta muvaffaqiyat qozonadi.

2. Egizak opa rolini ijro etish uchun Ramesh Sippi o‘zining hit bo‘lgan “Andoz” filmida suratga tushgan aktrisa Hema Malinini taklif qiladi. Hema Malinining aytishicha, u “Ram va Shiam” filmini juda yaxshi ko‘rgan, ammo hech qachon o‘zi ham xarakteri turlicha bo‘lgan opa-singil rollarini o‘ynayman deb o‘ylamagan.

Foto: Bollywoodtime

Biroq Malini rejissyor ro‘yxatidagi birinchi aktrisa emasdi. Boshida u egizaklar roli uchun mashhur aktrisa Nutanni taklif qilishni niyat qilgan, lekin prodyuserlar bu fikrga qarshi chiqadi, chunki aktrisa bu rol uchun qarib qolgandi — Nutan o‘sha paytda 36 yoshda bo‘lib, Zita va Gita esa yosh qizlar edi.

Nutan
Foto: Bollywoodtime

Shundan so‘ng ushbu rol uchun aktrisa Mumtozni taklif qilishadi — aktrisa “Ram va Shiam”da suratga tushgandi. Ammo Mumtoz juda yuqori gonorar so‘raganligi sabab prodyuserlar o‘zlari uni xizmatidan voz kechishga qaror qiladi.

Mumtoz
Foto: Bollywoodtime

Shundan so‘nggina bu rolni Hema Maliniga taklif qilishadi va aktrisa bu rolni qabul qiladi.

3. Zita va Gitaning yigitlari roliga aktyor topish borasida ba’zi qiyinchiliklar yuzaga keladi.

Bir erkak roli uchun mashhur hindistonlik aktyor Rajesh Khannani chaqirishadi. Rajesh rolni qabul qiladi, lekin shart qo‘yadi: film baribir egizak aka-ukalar haqida bo‘lishi va bu rollarni u ijro etishi kerak. Lekin rejissyor film opa-singillar haqida bo‘lishi kerakligini ta’kidlab turib oladi. Shu sababli Khannani rad etishga to‘g‘ri keladi.

Oqibatda Gita sevgilisi (Ravi) roliga hindistonlik aktyor Sanjiv Kumar olinadi. Muammo shundaki, aktyor roli uchun katta gonorar so‘raydi. Ammo boshqa nomzodlar qolmaganligi sababli Ravi roli uchun aynan Sanjivni olishga to‘g‘ri keladi.

4. Ssenariy ustida muammolar davom etadi, chunki ikki yosh ssenariy mualliflari biror to‘xtamga kelolmay qolishadi. Ba’zi tortishuvlar hatto mushtlashuvgacha boradi.

5. Hema Malini va Sanjiv Kumar “Zita va Gita” suratga olinishidan oldin ham tanish edi. Bundan tashqari, Sanjiv bir necha bor aktrisani qo‘lini so‘ragan. Biroq bu munosabatlar to‘ygacha yetib bormagan.

Ammo Raka rolini ijro etgan aktyor Dharmendra bilan (Zitaning sevgilisi) Hema tanish emasdi. Ammo suratga olish jarayonida Hema Malini Dharmendraning unga bo‘lgan nozik his-tuyg‘ularini his qiladi, ammo unga javob qaytarishga shoshilmaydi. Haqiqatdan ham aktrisa unga hissiyotini bildirishdan qo‘rqardi, chunki Sanjivning bu gaplarni bilishini xohlamasdi.

6. Hema Malini va Sanjiv Kumar rolikli konkida uchishni bilmasdi, shuning uchun ular juda ko‘p yiqilsa-da, suratga olish maydonchasida konki uchishni o‘rganishlariga to‘g‘ri keladi.

7. Ba’zi film sahnalari ssenariyda yozilmagan. Hammasi rejissyorning g‘oyasiga ko‘ra suratga olish jarayonida paydo bo‘lgan. Masalan, Gitaning shiftga o‘rnatilgan parrakka chiqib olish sahnasi shu tarzda o‘ylab topilgan.

Dastlab ushbu g‘oya aktrisaga yoqmaydi, shuning uchun u rejissyor Ramesh Sippidan buni o‘zi ko‘rsatib berishini so‘raydi. Sippi rostdan ham parrakka chiqadi. Shundan keyingina Hema Malini ventilyatorga chiqishga rozi bo‘ladi.

8. Hema Malini rollarini adashtirib yubormasligi uchun bir kuni faqat Zitaning, boshqa kuni esa faqat Gitaning sahnalari suratga olinadi.

Lekin Hemaning aytishicha, qahramonlarni chalkashtirib yuborish deyarli imkonsiz edi. Unga grim qilinishi va kostyum kiydirilishi bilan darhol qaysi personajni o‘ynayotganini his qilardi. Bundan tashqari, aktrisaning tan olishicha, grim va kiyim almashtirgach, hatto uning yurishi ham avtomatik tarzda o‘zgarib qolardi.

9. Agar Hindiston-Pokiston urushi bo‘lmaganida “Zita va Gita” filmi 1971-yilda chiqishi kerak edi. Ushbu mojaro sabab filmni suratga olish jarayoni bir yildan ko‘proq vaqtga to‘xtatib qo‘yiladi.

10. Hema Maliniga turlicha xarakterdagi opa-singillarni o‘ynash qiyin bo‘lmagan, chunki u har birining xarakteriga ega edi.

11. “Zita va Gita” filmi keng omma orasida mashhurlikka erishgach, 1972-yilning eng kassabop filmiga aylanadi. Shundan so‘ng rejissyor Ramesh Sippi yangi “Qasos va qonun” filmini suratga olishni rejalashtiradi hamda “Zita va Gita”dagi tanilgan aktyorlarni asosiy rollarga taklif qilishga qaror qiladi, xususan Hema Malini, Sanjiv Kumar va Dharmendra mazkur filmda ham rol o‘ynaydi.

Aynan “Qasos va qonun” filmining suratga olish jarayonida Hema Malini Dharmendra bilan romantik munosabatlarga kirishadi. Ammo Hema Malining otasi bu nikohga qarshi edi, chunki Dharmendra uylangan va ikki farzandini tarbiyalayotgandi. Shuning uchun juftlik aktrisaning otasi vafot etganidan keyin va aktyor ajrashgandan so‘nggina turmush quradi.

Bu nikohdan ularning ikki farzandi dunyoga keladi. Keyinchalik aktrisa “Hema Malini Creations” nomli prodyuserlik kompaniyasiga asos soladi.

12. Ko‘pchilik uchun hind filmlari qo‘shiqlar bilan chambarchas bog‘liq. “Zita va Gita” ham bundan mustasno emas. Odatda aktyor va aktrisalar filmdagi qo‘shiqlarni o‘zlari ijro etmaydi. Buning uchun professional qo‘shiqchilar jalb etiladi.

Kinoda aktyorlar o‘rniga qo‘shiq aytadigan xonandalar unchalik ko‘p emas. Lata Mangeshkar yolg‘iz o‘zi Bollivood filmlari uchun 25 mingdan ortiq qo‘shiq kuylagani uchun hatto Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan. Shuning uchun ham hind filmlarida qo‘shiq ijro etilayotganda ovozlar bir xil tuyulishi mumkin.

13. SSSRda “Zita va Gita” filmi ham juda mashhur bo‘lgan. Ammo Sovet prokatiga film biroz qisqartirilgan holda yetib kelgan — taxminan 13 ta sahna kesib tashlangan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »