Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Eron va Afg‘oniston chegarasida 1 tonna 230 kilogramm narkotik moddalar topildi. Bu haqda Etilaatroz xabar berdi.

Foto: IRNA

Eron Chegara qo‘mondonligiga ko‘ra, ushbu narkotiklarni olib ketayotgan yuk avtomobili Ipak ko‘prigidan o‘tayotganda qo‘lga olingan. Avtomobil salonidan 1 tonna 230 kilogramm gashish giyohvandlik moddasi topilgan va kontrabandachi ham ushlangan. Eron tomoni giyohvand moddalarni tashigan mashina va hibsga olingan shaxsning fuqaroligi haqida ma’lumot bermagan.

“Tolibon” Afg‘onistonda hukmronlik qilgan so‘nggi ikki yil ichida mamlakatda giyohvand moddalar savdosi, ularni yetishtirish, ishlab chiqarish sezilarli darajada kamaydi. Afg‘oniston rasmiylari buni o‘zining yutuqlaridan biri sifatida tilga oladi. Eron rasmiylari “Tolibon”ning narkotik moddalarni kamaytirgani haqidagi da’vosini qabul qilmasligi va Afg‘onistondagi giyohvand moddalar Eron va butun dunyo uchun xavfli ekanini ta’kidlamoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »