Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Eronning Narkotiklarga qarshi kurash boshqarmasi barcha dalillar, statistik ma’lumotlar va raqamlar Afg‘onistonda ko‘knori yetishtirish ko‘payganidan dalolat berishini ma’lum qildi. Bu haqda Hasht-e Subh Daily xabar berdi.

Eron Narkotiklarga qarshi kurash boshqarmasi bosh kotibi Iskandar Momeniy shunday bayonot berdi. U “Tolibon”ning Afg‘onistonda ko‘knori yetishtirishni qisqartirish haqidagi da’vosi Tehron uchun umuman qabul qilinmasligini aytdi.

“Mamlakatda giyohvand moddalar ishlab chiqarishning o‘sishi sezilarli darajada oshgan, bu ham Eronni, ham dunyoni jiddiy tashvishga solmoqda. Narkotiklarga qarshi kurash bo‘yicha mamlakat bosh boshqarmasining strategik siyosati profilaktikaga asoslangan”, — dedi u.

Eron Narkotiklarga qarshi kurash boshqarmasi bosh kotibi avvalroq “Tolibon”ning Afg‘onistonda narkotik ishlab chiqarishni qisqartirish haqidagi da’vosi shunchaki shior ekanini va amalda hech narsa ko‘rmaganliklarini aytgandi.

Yaqinda BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi (UNODC) yangi hisobotida Afg‘oniston dunyodagi eng tez metamfetamin ishlab chiqaruvchi davlat ekanini e’lon qilgandi. O‘z navbatida, “Tolibon” yetakchisi Haybatulloh Oxundzoda 2023-yil boshida ko‘knori yetishtirishni va har qanday giyohvand moddalarni import va eksport qilishni qat’iy taqiqlovchi farmoyish chiqargandi.

Biroq “Tolibon” rasmiylarining o‘zlari mamlakatda giyohvand moddalar yetishtirish va kontrabanda qilishda ayblanmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »