Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Kelib chiqishi asli falastinlik bo‘lgan amerikalik shifokor Mohammad Subeh G‘azo sektorida sog‘liqni saqlash tizimi to‘la vayron bo‘lgani haqida maʼlum qildi. Bu haqda CNN nashri xabar berdi.

Foto: Anadolu

Xabarda aytilishicha, G‘azo janubi, xususan, Rafah va Jabaliya hududlarida tizim butkul ishdan chiqqan. Hujumlarda jarohatlangan minglab bemorlar ko‘chalardagi chodirlarda saqlanmoqda.

“G‘azo sektori hozirda mohiyatan yagona travmatologiya zonasiga aylanib qolgan. Biz har qanday jarohatni ochiq holatda davolashga majburmiz. Bu yerda odamlar diabet va gipertoniya kabi davolash mumkin bo‘lgan oddiy kasalliklardan o‘lmoqda”, — degan Kaliforniyadan kelgan tez tibbiy yordam bo‘limi shifokori, doktor Mohammad Subeh.

Shifokor qo‘shimcha qilishicha, butun dunyo Isroildan o‘t ochishni to‘xtatishni so‘rayotgan bir paytda, Tel-Aviv qo‘l ostidagi kuchlar G‘azodagi infratuzilmaning har qanday ko‘rinishini ataylab vayron qilmoqda. Isroil qasddan tinch aholini nishonga olayotgani aytilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »