Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil Qohiraga o‘t ochishni to‘xtatish va G‘azodan garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha muzokaralar uchun delegatsiya yubormaydi. Bu haqda Isroil rasmiysiga tayanib CNN xabar berdi.

Foto: Reuters

Rasmiyning aytishicha, bunga sabab HAMAS Isroilning ikkita talabini bajarmagan: tirik qolgan asirlar ro‘yxati; Isroil qamoqxonalaridan garovga olinganlar evaziga ozod qilinadigan falastinlik mahbuslar nisbatini tasdiqlash.

Rasmiy o‘z ismini oshkor qilmaslikni so‘ragan. HAMAS delegatsiyasi 3-mart kuni  muzokaralar uchun Qohiraga yetib kelgan.

Isroil rasmiysiga ko‘ra, delegatsiyani jo‘natmaslik qarorini bosh vazir Benyamin Netanyaxu “Mossad” direktori Devid Barnea bilan kelishgan holda HAMAS shartlarga javob bermagani haqidagi xabarni olganidan keyin qabul qilgan.

Netanyaxu 29-fevralda qilgan chiqishida shartlarni bayon qilgan.

Men rejaga kiritiladigan barcha garovga olinganlarning ismlarini oldindan bilishni talab qilaman. Men ikkita savolga hali javob olganim yo‘q va bizning xohishimizga qaramay, yaqin kunlarda qo‘shimcha relizlar rejasiga erishish haqida gapirishga hali erta, — qo‘shimcha qilgan Netanyaxu.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »