Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

UzAutoMotors Cobalt avtomobili modelini yangilash va ishlab chiqarish uchun 2024 – 2026-yillarda 67,4 million dollar sarflaydi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-fevraldagi qarorida maʼlum qilingan.

Foto: “Daryo”

Fevralda O‘zbekistonda 2024-yil I choragiga mo‘ljallangan investitsiya dasturiga doir hukumat qarori qabul qilingandi. Hujjatda mamlakat iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarda amalga oshirilayotgan loyihalar to‘g‘risida batafsil axborot berilgan.

Qarorda “O‘zavtosanoat” AJ tomonidan jami qiymati 948,3 million dollarlik loyihalar (6,5 million dollarlik o‘z mablag‘lari) amalga oshirilishi belgilangan. Shundan to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar miqdori 37,2 million dollarni tashkil etadi.

Qayd etilishicha, joriy yil 1-yanvar holatiga mazkur mablag‘lardan o‘zlashtiriladigan miqdori 310,1 million dollar qolgan. Yanvar–mart oylarida o‘zlashtirilishi kerak bo‘lgan mablag‘lar esa 43,7 million dollar bo‘lishi prognoz qilingan.

Kompaniya loyihalari orasida Chevrolet Cobalt modelini yangilash (Cobalt MCM) va ishlab chiqarishni tashkil etish masalasi alohida o‘rin olgan. Unga ko‘ra, loyihaning 2024 – 2026-yillarda amalga oshiriladigan qismi uchun 67,4 million dollar sarflanishi va 150 ming dona Cobalt ishlab chiqarilishi ko‘zda tutilgan. Mazkur mablag‘lardan 3,8 million dollarini to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar tashkil etadi. Loyihaning umumiy mablag‘idan 2024-yil I chorakda o‘zlashtiriladigan miqdori 3,8 million dollar bo‘lishi belgilangan.

Qarorga ko‘ra, “O‘zavtosanoat” Jizzax shahrida qiymati 122,6 million dollarlik Xitoyning BYD kompaniyasi elektromobil va gibrid avtomobillarini ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirmoqda.

Shundan 4 million dollari “O‘zavtosanoat”ning o‘z mablag‘lari, 17,6 million dollari to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar hisobidan qoplanishi belgilangan.

Loyiha doirasida 2023—2024-yillarda 50 ming dona BYD ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan. Bunda joriy yil 1-yanvar holatiga o‘zlashtirilmagan mablag‘lar 89 million dollar. 2024-yil I chorakda 21,6 mln dollar o‘zlashtirish prognoz qilingan.

“O‘zavtosanoat” amalga oshirishi ko‘rsatilgan loyihalar ichida ishlab chiqarish hajmi va quvvatlarini oshirish, yangi avtomobil modellarini ishlab chiqarishni tashkil etish masalalari ham o‘rin olgan.

Avvalroq UzAutoMotors 2023-yilda ishlab chiqargan yengil avtomobillarning 118 093 donasi Cobalt hissasiga to‘g‘ri kelgani va bu boshqa rusumlar ichida eng ko‘p miqdor ekani xabar qilingandi. Eslatib o‘tamiz, kompaniya 2023-yil 25 – 27-dekabr kunlari Cobalt, Damas va Labo avtomobillari uchun jami 171 ming 200 dan ortiq onlayn shartnomalar tuzdi. Mazkur avtomobillar 2024-yilda ishlab chiqarilishi va mijozlarga yetkazilishi rejalashtirilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »