Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

4-mart kuni AQSH prezidenti Jo Bayden Ukrainadagi vaziyat tufayli Rossiyaga qarshi joriy qilingan ayrim sanksiyalarni bir yilga uzaytirdi. Bu haqda Oq Uy tarqatgan bayonotga asoslanib, “TASS” nashri xabar berdi.

Foto: Reuters

Gap Rossiyaga nisbatan 2022-yil 21-fevralda AQSHning amaldagi maʼmuriyati, 2018-yil 20-sentyabrda Donald Trampning avvalgi hukumati va 2014-yilning mart va dekabr oylarida AQSHning 44-prezidenti Barak Obama rahbariyati tomonidan Qrimga anneksiyasi uchun qo‘llangan choralar haqida bormoqda. Yangi tartibga ko‘ra, bu barcha sanksiyalar 2024-yil 6-martdan keyin ham amal qilishi kerak.

Oq uy xabariga ko‘ra, hozirda AQSH milliy xavfsizligi va tashqi siyosatiga tahdid juda yuqori. Bu borada hukumat yetarli hozirliklarni ko‘rmoqda. Chora-tadbirlar bir qismi o‘laroq, asosiy xavf bo‘lgan Rossiyaga nisbatan sanksiyalar muddati bir yilga uzaytirilgan.

Maʼlumot o‘rnida, Rossiyaga nisbatan ilk sanksiyalar 2014-yilning mart oyida Ukrainadagi voqealar va Qrimning Rossiya bilan birlashishi munosabati bilan joriy qilingan. O‘shandan beri sanksiyalar bir necha bor kengaytirilgan va yangilangan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »