Bugun,

  • USD12800.13
  • RUB129.02
  • EUR13467.02

Toshkent viloyatining Angren shahridagi ikkita maktabda “Telefonsiz maktab” tizimi joriy etildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Toshkent viloyati hokimligi

Fevral oyida Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev Chirchiq shahridagi maktab direktorlari bilan uchrashuvda o‘qituvchilari va o‘quvchilari telefondan voz kechgan maktabga 300 million so‘m pul mukofoti berishini maʼlum qilgan edi

Viloyat hokimligi matbuot xizmati tomonidan berilgan xabarda Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi taʼlim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida ham bu borada qatʼiy belgilab qo‘yilgani eslatib o‘tilgan.

Foto: Toshkent viloyati hokimligi

“Mazkur qaror va taklif ijrosini taʼminlash yuzasidan Angren shahridagi 13- va 17-sonli umumtaʼlim maktablarida ‘Telefonsiz maktab’ tizimi joriy etilib, o‘quvchilarning eʼtibori ustozlar tomonidan berilayotgan bilimlarni yanada chuqurroq egallashga qaratildi. Shuningdek, ota-onalar kuzatuv kengashi bilan maktab maʼmuriyati hamkorlikda yig‘ilish o‘tkazilib, telefondan taʼlim muassasasida umuman foydalanmaslik taklifi ilgari surildi va barcha tomonidan birdek maʼqullandi”, — deyiladi xabarda..

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »