Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev Chirchiq shahridagi maktab direktorlari bilan uchrashuvda o‘qituvchilari va o‘quvchilari telefondan voz kechgan maktabga 300 million so‘m pul mukofoti berishini ma’lum qildi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari Behzod Qobulov xabar berdi. 


 
Ta’kidlanishicha, viloyat hokimi raisligida Chirchiqda ta’lim kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan. Unda so‘z olgan hokim viloyatda “Telefonsiz maktab” tashabbusini ilgari surgan.

Foto: Nozim Abdulla
Foto: Nozim Abdulla
“Telefonsiz maktab” degan tashabbusni amalga oshirgan maktabga 300 million so‘m pul beraman. Gap-so‘zsiz. Men pul beraman, shu ishni qilganlarni rag‘batlantirmoqchiman, — deydi viloyat hokimi bu haqda gapirar ekan. 

Viloyat hokimi maktab jamoasi bu pulni yutsa, qanday sarflash o‘zlarining ixtiyorida ekanini qo‘shimcha qilgan. 

Foto: Nozim Abdulla
Foto: Nozim Abdulla

Zoir Mirzayev tadbir davomida maktab o‘quvchilarining oliy o‘quv yurtlariga kirish ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan — Nurafshon, Angren va Ohangaron tumani xalq ta’limi bo‘lim mudirlariga 12 million so‘mdan mukofot puli bergan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »