Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev xorijlik amaldorning O‘zbekiston tinchligi haqida aytganlarini yodga olib, unga “Sen qanday baxtli odamsan, qanday baxtli mamlakatda yashayapsan. Kechqurun 9-10 da ko‘chada bemalol yuribsan, men kun botganidan keyin yurmayman. Mening xavfsizligimga hech kim kafolat bermaydi dedi”, deganlarini yodga oldi. Bu haqda “Daryo”ga hokimlik axborot xizmati rahbari Behzod Qobulov xabar berdi.

Men ko‘p aytib beraman, bir paytlar Samarqandda ishlaganimda Afg‘oniston energetika vaziri ziyoratga kelgandi. Kutvoldik. Qo‘riqchilari bir yigirmatacha edi. Mehmonxonadan chiqib, Registonga boramiz deb, pastga tushsak, taxminan 10 tacha avtomatchilar turibdi-da. Men nima bular desam, “Bular mening qo‘riqchilarim”, deydi. Qo‘ysangchi, odamlarni qo‘rqitma, bular miltiqni ko‘rmagan, qaysidir davlatda urush bo‘lganini eshitganmiz. SSSR paytida ota-bolalarimiz Vatan himoyasi uchun qurol ushlagan. Undan keyin qurol haqida biz maktabdagi darsda ko‘rganmiz. Odamlarni qo‘rqitmagin dedim. “Piyoda ketamiz, sen kafolat berasanmi”, dedi, men “kafolat beraman dedim”, — deydi Zoir Mirzayev voqea haqida gapirar ekan. 

Hokimning aytishicha, shundan so‘ng Afg‘oniston vaziri va u Registongacha piyoda borgan

Foto: Videodan kadr
Qurollarni qoldirib, Registonga bordik. Registonga borguncha hamma assalomu alaykum hokim buva, assalomu alaykum, salom alik. Bu kishida mana bu yerigacha soqol. 68 kirgan odam. Lekin chaqqon. Registonga kirib kelganda tumonat odam. Kechki payt. Kun botarda borganmiz. Registonda haligi shou-panarama bo‘lardi. Qo‘yib beriladi. Shuni ko‘ryapmiz, men unga gapiryapman, choy ichib o‘tiribmiz. Atrofimizda minglab odam turibdi. U gapirmaydi-da. Men unga yoqmayapti deb o‘yladim. Yoshi katta odam, mehmonning ko‘ngliga qaraymiz. Bu qonimizda bor, kelsa jonimizni ham beramiz. Tarjimonga yoqmayapti shekilli dedim. Tarjimon esa “yo‘q, yoqmayapti emas, u yig‘layapti”, dedi. Keyin chiqdik. Yarim yo‘lga kelguncha gapirmadi. Keyin yarim yo‘lda “Bilasanmi sen qanday baxtli odamsan, qanday baxtli mamlakatda yashayapsan? Lekin men bugun kun botganidan keyin ko‘chaga chiqolmayman”, dedi. “Sen kechqurun 9-10 da ko‘chada yuribsan, men kun botganidan keyin yurmayman, mening xavfsizligimga hech kim kafolat bermaydi”, dedi. “O‘zimning yonimda turganlar ham meni o‘ldirishiga ishonaman, bizda zamon shunaqa” dedi, — deydi Zoir Mirzayev voqeani eslar ekan. 

Yodga olinishicha, o‘sha vazir hokimga har kuni uyqiga yotar payti va tongda tirikligi uchun Allohga sajda qilib, shukrona aytishini ham gapirib bergan.

Foto: Videodan kadr
Men ovqatimni yeganimdan keyin, kun botganidan so‘ng bola-chaqam bilan podvalda, bunkerda uxlaymiz dedi. Uxlashdan oldin bir soat Xudoga nola qilamiz, ertalab tirik uygonish uchun. Ertalab turib, bir soat butun oila bilan Xudoga sajda qilamizki, tirik uyg‘otganiga rahmat deb, dedi, — deydi Zoir Mirzayev.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »