Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Statistika agentligining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, oxirgi 8 yil ichida O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti va uning aholi jon boshiga hisoblangan ulushi o‘zgarib bordi.

Made byMade with Flourish

Hisob kitoblarga ko‘ra, 2016-yilda mamlakatda aholi jon boshiga hisoblangan yalpi ichki mahsuloti hajmi 8 million so‘m (2 704 dollar) bo‘lib, 2015-yildagiga nisbatan 4,1 foizga o‘sgan. 2017-yilda bu ko‘rsatkich 9,8 million so‘mni (1 914 dollar) tashkil etib, avvalgi yildagiga qaraganda 2,7 foizga oshgan.

Qolgan yillarda aholi jon boshiga to‘g‘ri kelgan YIM ko‘rsatkichlar quyidagicha:

  • 2018-yilda 12,9 million so‘m (1 604 dollar);
  • 2019-yilda 15,9 million so‘m (1 794 dollar);
  • 2020-yilda 17,7 million so‘m (1 759 dollar);
  • 2021-yilda 21,1 million so‘m (1 993 dollar);
  • 2022-yilda 25,1 million so‘m (2 276 dollar);
  • 2023-yilda 29,3 million so‘m (2 495 dollar).

Maʼlumot uchun, o‘tgan yili O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti hajmi 6 foiz o‘sib, 90,9 milliard dollarga (o‘rtacha almashuv kursi 11,737 so‘m) yetgan. Respublika YIM hajmi 2020-yilda 60,2 milliard dollarni, 2021-yilda 69,6 milliard dollarni, 2022-yilda 81,1 milliard dollarni tashkil etgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »