Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Hozirgi vaqtda vizajistlar har xil zamonaviy texnologiyalarga ega, ammo avvallari grimyorlar kerakli obrazni yaratish uchun turli xil usullardan foydalangan. Aktyorni yoshartirish, qaritish yoki tashqi qiyofasini o‘zgartirish uchun maxsus lenta, yelim, bo‘yoq, qoplamalar, hatto benzin — qo‘llarida bor bo‘lgan materiallarni ishlatgan.

“Ayoz bobo”

Nastenka roli yosh figurali uchuvchi Natalya Sedixga nasib qiladi, rejissyor Aleksandr Rou qizning ijrosini televizorda ko‘rib qoladi. Natalya juda yosh ko‘rinardi, shuning uchun Rou uni yaxshilab grim qilishlarini so‘raydi. Qizning ko‘zlari atrofi ko‘k ten bilan chiziladi, lablari esa yorqin qizil lab bo‘yog‘i bilan bo‘yaladi.

Muzlagan kiprik yaratish uchun grimyorlar odatda aktyorlarga soqol va mo‘ylovlarni yopishtirish uchun ishlatiladigan yelimdan foydalanadi. Suratga olish ishlari tugaganidan keyin sun’iy kiprikdan qutulish juda qiyin edi. Sedix kipriklarini qanday yulib tashlaganini haligacha dahshat bilan eslaydi.

“Xottabich”

Xottabichning grimi ustida rassom Vasiliy Goryunov ishlagan. Aynan u qudratli jin obrazini yaratgan va buning uchun har kuni 2 soat sarflagan — aktyor Nikolay Volkovga har safar maxsus plastilindan burun va lab yasashga to‘g‘ri keladi.

“Qo‘ligul Marya”

Georgiy Millyar o‘z faoliyati davomida ko‘plab ertak qahramonlarini ekranda jonlantirgan. Yoshligida aktyor rekvizitlar ustasi bo‘lib ishlagan, shuning uchun u har doim grim qilish masalasiga mas’uliyat bilan yondashgan. Har bir roldan oldin Millyar grimyorlarga oson bo‘lishi uchun qoshi va sochini oldirgan.

Ammo bir filmda Georgiy Fransevich deyarli professional grimsiz ishlashiga to‘g‘ri keladi. “Qo‘ligul Marya”dagi Kvakki roli uchun uning boshiga “zelyonka” surtib tashlanadi.

“Lo‘li”

Aktyor Mixay Volontir “Lo‘li” filmida suratga tushayotganida boshqa filmlarda ham rol o‘ynagan. Shuning uchun aktyorga ulama soch va soqol yopishtiriladi.

Keksa Budulay obrazini yaratish uchun grimyorlar oq grimni benzin bilan aralashtirib, qahramonning jingalak sochlariga surtishadi. Benzin bug‘lanib, oq sochlar paydo bo‘ladi. Qahramonni qora soch qilib ko‘rsatish kerak bo‘lganda esa sochlarga ko‘mir bilan ishlov berilgan.

“Buratinoning sarguzashtlari”

Buratino rolini ijro etgan Dima Iosifov soxta qosh yopishtirish uchun soch va qoshlarini qirib tashlashga majbur bo‘ladi. Yosh aktyor uchun har bir grim taxminan bir yarim soat davom etadi.

Eng ko‘p muammo penoplast burunni yasashda bo‘ladi. Hammasi bo‘lib, suratga olish paytida Dima 45 ta burun ishlatadi.

Malvina rolini o‘ynagan Tanya Protsenko uchun ham oson bo‘lmaydi. Chinni protezdan foydalanish uchun u bir nechta tishidan ayriladi. Tanya qoshlarini ham qirdirib, oqartiradi, uning yuziga har kuni oppoq qilib pudra surtilgan, sun’iy kipriklar ham yopishtirilgan.

“Balzaminovning uylanishi”

Ushbu filmda 46 yoshli aktyor Misha Balzaminov rolini o‘ynashi kerak edi, ammo ssenariyga ko‘ra uning qahramoni 25 yoshda. Vitsin qahramonining grimi juda murakkab edi, mazkur grim ustida aktyorning shaxsan o‘zi ishlaydi. Keyinchalik bu filmni aktyorning o‘zi “Balzamlanganning uylanishi” deb ataydi.

Ajinlarni yashirish uchun aktyor yuziga to‘r va sepkil chizgan. Vitsin yuzini ingichka qilib ko‘rsatish uchun shlak va qizil bo‘yoqdan maxsus aralashma tayyorlaydi. Obraz jingalak parik va biroz yuqoriga ko‘tarilgan burun bilan yakunlanadi — aktyor burnini maxsus yelim bilan yopishtiradi.

“Odam-amfibiya”

Film ijodkorlari bosh qahramonlar Gutiyera va Ixtiandrning ko‘zlari yorqin ko‘rinishini xohlaydi. Buning uchun yashil va ko‘k filtrli maxsus lampalar ishlatilgan - ular aktyorlar yuzlarining chap va o‘ng tomoniga o‘rnatilgan. Qurilmalar ko‘z tubini yoritib, noodatiy rang bergan.

“Ivan Grozniy”

“Ivan Grozniy” filmi grimyori Vasiliy Goryunov juda qiyin vazifaga duch keladi. Taxminan 6 hafta davomida u rejissyor va aktyor bilan birgalikda hayotining turli bosqichlarida qirolning qiyofasini yetkazishi kerak bo‘lgan 16 ta obrazni ishlab chiqadi. “Grozniy”ni o‘ynagan Nikolay Cherkasov uchun eng qiyini birinchi grim bo‘ladi – u 40 yoshli erkakdan 17 yoshli yigitga aylanishi kerak edi.

Cherkasovning burni, qosh va kipriklari yopishtirilgan, parik kiydirilgan, chakkalariga va quloqlari orqasiga ham ingichka shaffof lentalar yopishtirilgan. Suratga olishdan oldin lentalar mahkam tortilib, boshning orqa qismiga bog‘langan, bu esa ajinlar tekislanishiga olib kelgan. Biroq ish kunining oxirida lentalar olib tashlangach, aktyorning ajinlari avvalgidan ham ko‘payib ketgan. Nikolay hatto roli tufayli tez qarib qolishdan qo‘rqqan ham.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »