Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent viloyati, Angren shahridagi 14-DMTTda “Telefonsiz DMTT” tizimi joriy etildi. Bu haqda Maktabgacha taʼlim agentligi xabar berdi

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Maʼlum qilinishicha, 14-DMTT maʼmuriyati va ota-onalar kuzatuv kengashi ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilib, taʼlim tashkilotida telefondan umuman foydalanmaslik taklifi maʼqullangan. Bu borada Vazirlar Mahkamasining 2012-yil “O‘zbekiston Respublikasi taʼlim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilab qo‘yilgan. 

Taʼlim tashkilotiga kirib kelishda har bir xodim, mehmonlar va boshqa shaxslar telefonlarini chaqiruv ovozini to‘liq o‘chirib qo‘yishi, “ovozsiz” rejimga o‘tkazishi shart. Tarbiyachi o‘z telefoni bilan soat 7:00 dan 8:30 gacha va soat 16:30 dan so‘ng ota-onalar bilan bog‘lanishiga ruxsat beriladi.

Endi soat 8:50 dan 16:30 gacha tarbiyachilarga mashg‘ulotlar vaqtida telefon orqali so‘zlashish hamda SMS (MMS) va boshqa turdagi xabarlarni jo‘natish taqiqlanadi. Biroq tarbiyachilar mashg‘ulotlar va tadbirlar oralig‘ida faqat asosli va kechiktirib bo‘lmaydigan zarur holatlarda ota-onasi, yaqin qarindoshlari bilan zudlik bilan bog‘lanish maqsadida DMTTdagi maxsus oddiy telefondan foydalanishi mumkin. 

Ota-onalar Telegram guruhida mashg‘ulotlardan fotolavhalar jo‘natish, uslubchi va hamshira zimmasiga yuklatildi. Taʼlim tashkilotining boshqa xodimlari ham ish vaqtida telefondan foydalanish huquqiga ega emasligi yig‘ilishda bir ovozdan tasdiqlandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »