Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

11-mart kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining G‘azodagi yordam agentligiga qarshi ayblovlar bo‘yicha tergovini olib borayotgan vakil Isroilga kelgan. Vakil agentlikka qarshi eʼlon qilingan daʼvolarni tekshirishi xabar qilingan. Bu haqda CNN nashri xabar berdi.

Foto: Reuters

Fransiyaning sobiq tashqi ishlar vaziri Ketrin Kolonna Birlashgan Millatlar Tashkilotining yordam agentligi (UNRWA) tarkibidagi 13 nafar asli g‘azolik bo‘lgan xodim 7-oktabr kuni Isroilga qilingan hujumda ishtirok etgani haqidagi daʼvo ko‘tarilgandan so‘ng, tergov olib borish maqsadida Tel-Avivga kelgan. Rasmiy keyingi bir necha hafta davomida HAMAS bilan bog‘langan BMT agentligi aʼzolari faoliyatini o‘rganish bilan shug‘ullanadi.

Ushbu surishtiruv tadbiri to‘g‘ridan-to‘g‘ri BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish tomonidan ilgari surilgani xabar qilingan. Bosh kotib BMT vakillari orasida tekshiruv o‘tkazishga ruxsat bergan.

Avvalroq Isroil hukumati UNRWA agentligi faoliyati HAMAS bilan chambarchas bog‘langani, tashkilot xodimlari, asosan, HAMASga xayrixoh g‘azoliklardan iborat ekanini aytgan edi. Isroilning daʼvolaridan so‘ng UNRWA’ning asosiy donori AQSH va bir qator davlatlar 13 mingga yaqin kishi ishlaydigan tashkilotni moliyalashtirishni to‘xtatib qo‘ygan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »