Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

ISHIDning minglab jangarilari Afg‘onistonda tayyorgarlikdan o‘tmoqda va o‘z hujumlarini rejalashtirmoqda. Bu haqda Amerikaning Daily Beast nashri xabar berdi.

Foto: PBS

Ma’lum qilinishicha, “Tolibon” rejimi ayollarga nisbatan shafqatsizlik va qarshilikdan tashqari, ISHID tahdidini ham jonlantirgan. “Tolibon”ning ISHIDni bostirishga urinish haqidagi da’volariga qaramay, Afg‘onistonda minglab jangarilar mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda.

ISHIDning 3-yanvarda Eronda Qosim Sulaymoniyni xotirlashda sodir etgan xudkush hujumi guruhning 100 dan ortiq odam o‘ldirgan eng yirik hujumi bo‘ldi. Ismi oshkor etilmagan Afg‘oniston xavfsizlik xizmatining sobiq xodimi Daily Beast nashriga ISHID Afg‘onistonda kuchayishda davom etishini aytdi.

“Agar ‘Tolibon’ ularga yangi boshpana yaratishga ruxsat bersa, ISHID butun dunyo bo‘ylab o‘z nishonlariga hujumlar rejalashtira boshlaydi”, — dedi u.

Afg‘oniston xavfsizlik xizmati sobiq xodimi ISHID jangarilari Suriya, Bangladesh, Hindiston va Markaziy Osiyo davlatlaridan kelganini aytdi.

ISHID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »