Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSHning Texas shtatidagi Ostin shahrida bo‘lib o‘tgan South by Southwest (musiqa va kino festivallari, konferensiyalarini o‘tkazadigan tashkilot) festivalida tomoshabinlar zamonaviy texnologiyaning ajoyib ko‘rinishidan bahramand bo‘ldi: tadbirda sun’iy intellekt yordamida yaratilgan afsonaviy aktrisa Merilin Monroning nusxasi — “Raqamli Merilin” taqdim etildi.

Foto: Film.ru

Mazkur festival 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlandi. “Raqamli Merilin” ChatGPT yordamida real vaqtda foydalanuvchilar bilan muloqot qilishi mumkin, u insonlarga xos his-tuyg‘ularini bildira oladi.

Loyiha Soul Machines va Authentic Brands Group kompaniyalari tomonidan ishlab chiqildi. Ular Merilin Monro, Elvis Presli va boshqa o‘nlab yulduzlarning suratlaridan foydalanish huquqiga ega. Ayni vaqtda Gollivudda fransiyalik shanson qo‘shiqchisi va aktrisa Edit Piaf haqida biopik tayyorlanmoqda. Mazkur loyihada ham sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish ko‘zda tutilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »