Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda, biroq vositachilar mojaro tomonlari o‘rtasida kelishuvga intilish ko‘rmayapti. Bu haqda Qatar Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Majid Al-Ansoriy maʼlum qilgan. Bu haqda TASS nashri batafsil maʼlumot bergan.

Foto: AP Photo

“Qatar, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro vositachilarning davom etayotgan saʼy-harakatlari G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatishga qaratilgan. Doha va Qohirada muzokaralar davom etmoqda, biroq biz o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga yaqinlashganimiz yo‘q. Bu ketishda hali-beri tinchlik bo‘lmaydi”, — degan Qatar rasmiysi.

Qatarlik diplomatning qayd etishicha, uning hukumati urushda qisqa pauza emas, balki Falastin anklavida doimiy o‘t ochishni to‘xtatishni xohlaydi. G‘azodagi vaziyat og‘irlashmoqda va Qatar mojaroning barcha tomonlari bilan saʼy-harakatlarini davom ettirishni istaydi. Kelishuvga umid hali bor bo‘lsa-da, bu ko‘p vaqt olishi mumkin.

Maʼlumot o‘rnida, 10-mart kuni Misr poytaxti Qohirada bo‘lib o‘tgan muzokaralarda HAMAS va Isroil vakillari bir to‘xtamga kela olmagani maʼlum qilingan edi. Isroilning talablari o‘ta adolatsiz deb hisoblagan HAMAS kelishuvga imzo qo‘yishdan bosh tortgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »