Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu hukumatga Isroil qamoqxonalarida yangi mahbuslar va hibsga olinganlar uchun minglab joy tayyorlashni topshirdi. Bu haqda The Times of Israel xabar berdi.

Foto: Flash90

Netanyaxu tegishli ko‘rsatmalarni Isroil armiyasi (“Saxal”) va xavfsizlik xizmati (“Shabak”) bilan uchrashuvda bergan. Vazirliklararo yig‘ilishda rasmiylar bir yil davomida G‘azo sektori va G‘arbiy Sohilda minglab gumonlanuvchilar va jangchilar hibsga olinadi, degan xulosaga kelgan. Bunga oldindan tayyorlanmasa, Isroil qamoqxonalarida joy tanqisligi yuzaga keladi.

Isroil HAMAS harakati bilan urush boshlaganidan beri 4 mingga yaqin kishini terrorchilikda ayblab, hibsga olgan. Ularning aksariyati G‘azo sektoridandir. 

Isroil va HAMAS o‘rtasidagi urush 2023-yil 7-oktyabr kuni ertalab Isroil hududlariga hujum bilan boshlangan. Oqibatda 1,2 ming isroillik halok bo‘ldi, 5,4 ming kishi yaralandi, 200 dan ortiq mahalliy aholi va chet elliklar garovga olindi. Ularning ayrimlari ikki tomonlama sulh doirasida ozod etildi.

Isroilning G‘azo sektoriga hujumlari oqibatida 30 mingdan ortiq falastinlik halok bo‘ldi, 71 mingga yaqin odam jarohatlandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »