Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda har bir maktabning 9-sinfidan boshlab bittadan “Yosh gvardiyachilar” vatanparvarlik sinflari tashkil etiladi. Bu haqda Milliy gvardiya axborot xizmati rahbari Davron Jumanazarov ma’lum qildi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Uning bildirishicha, o‘quvchi yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan chora tadbirlar doirasida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Yosh gvardiyachilar” ixtisoslashtirilgan sinflari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qo‘shma qarori tayyorlandi.

Shu kunga qadar Milliy gvardiya tasarrufida Respublika bo‘ylab har bir viloyatda 4 tadan maktablarda jami 56 ta maktablarda 265 ta “Yosh gvardiyachilar” sinflari mavjud bo‘lgan. Endilikda qarorga asosan har-bir maktabda bittadan “Yosh gvardiyachilar” vatanparvarlik sinflari tashkil etiladi.

Bu ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda — 2024/2025-o‘quv yilida 2 530 ta, ikkinchi bosqichda — 2025/2026-o‘quv yilida 2 536 ta maktabda harbiy vatanparvarlik sinflari o‘z faoliyatini boshlaydi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »