Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qirg‘iziston rossiyalik tadbirkor va Capital Group kompaniyasi egasi Pavel Vladimirovich Tyoni uyushgan jinoiy guruhni moliyalashtirgani uchun qidiruvga berdi. Bu haqda Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasiga tayanib, Tazabek.kg xabar berdi.

Foto: Forbes.ru

“Birodarlar doirasi” xalqaro jinoiy guruhi tarkibiga kiruvchi “Qamchi Asanbek” uyushgan jinoiy guruhi faoliyatini moliyalashtirishni Rossiyaning yirik tadbirkorlaridan biri Pavel Vladimirovich Tyo tashkil etgan.

Pavel Qirg‘iziston hududida homiylik olish va birgalikda biznes yuritish maqsadida jinoyat vakillari, xususan, “qonundagi o‘g‘ri” Asanbek va qidiruvda bo‘lgan Azim Roy (Asanbekning “cho‘qintirgan otasi” sifatida tanilgan) bilan aloqa o‘rnatgan. Pavel Asanbekning jinoiy statusini bilib, uning Qirg‘iziston hududidagi ko‘chmas mulkini qurishda moddiy yordam ko‘rsatgan.

Ta’kidlanishicha, Pavelga nisbatan Bishkek shahar Oktyabr tuman sudi qarori bilan sirtdan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan va sud organining qarori bilan u qidiruvga berilgan. Hozirda uni xalqaro, jumladan, MDH davlatlarida qidiruvga berish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »