Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ijtimoiy tarmoqlarda UzAuto Motors Cobalt, Damas va Labo narxlarini oshirgani haqida xabarlar tarqaldi. Kompaniya mazkur xabarlar yuzasidan tushuntirish berdi

Foto: “Daryo”

Qayd etilishicha, O‘zbekiston avtomobil bozorida taklifning ortib borishi avtomobillarning chakana sotuvida yangi yondashuvlarni talab qiladi. Kompaniya tomonidan ishlab chiqarish hajmini oshirish bo‘yicha olib borilgan uzluksiz ishlar xaridorlarga “vositachilarni” chetlab o‘tib, avtomobillarning mavjudligini oshirishga imkon berdi. Buning natijasida, ikkilamchi bozorda avtomobil narxlari keskin pasaydi. 

UzAuto Motors bozorda talab ortib borayotganini hisobga olgan holda Damas, Labo va Chevrolet Cobalt avtomobillarini ishlab chiqarish hajmini qo‘shimcha ravishda oshirish masalasini ishlab chiqdi. Bundan tashqari, oldingi shartnoma paytida kechiktirilgan to‘lov 2024-yilda ishlab chiqarilgan avtomobillarning bir qismini chiqarishga olib keldi, bu esa kompaniyaga qo‘shimcha avtomobillarni taklif qilish imkonini beradi. Damas, Labo va Chevrolet Cobalt avtomobillari uchun shartnomalar ochilish sanasi keyinroq eʼlon qilinadi.

Kontraktatsiya uchun ochiladigan qo‘shimcha hajm 2024-yilning ikkinchi yarmida ishlab chiqarilishi hisobga olgan holda, Damas, Labo va Chevrolet Cobalt avtomobillarining narxi 3,5-6,7 foizgacha bo‘lgan oraliqda qayta ko‘rib chiqiladi. Bundan tashqari, UzAuto Motors rivojlangan mamlakatlarda qabul qilingan xalqaro standartlarga muvofiq avtomobillar sotuv tizimini bosqichma-bosqich joriy etmoqda. Ushbu tizimga ko‘ra, dilerliklarga keyinchalik sotish uchun avtomobillarni xarid qilish imkoniyati beriladi. Shu bilan birga, dilerliklarga avtomobil uchun tavsiya etilgan chakana qiymat belgilanadi.

Taʼkidlanishicha, ushbu yondashuv nafaqat dilerlik markazlari o‘rtasidagi raqobatni kuchaytiradi, balki xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilaydi. Dilerlik markazlari xizmat ko‘rsatish sifati va innovatsion xizmatlarni yaxshilash orqali qo‘shimcha opsiyalar va aksessuarlarni taklif qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. UzAuto Motorsʼning dilerliklar bilan o‘zaro hamkorlikning yangi tizimiga o‘tishi yanada samarali va innovatsion savdo usullarini taqdim etishga qaratilgan qadam ekani aytilgan. Onlayn-kontraktatsiya va savdo-sotuv tizimi isteʼmolchilar, dilerliklar va kompaniyaning o‘zi uchun yanada ixcham va qulay modelni taqdim etadi, bu esa avtomobil sanoatida transparentlikka va rivojlanishga turtki beradi.

Avvalroq UzAutoMotors 2023-yilda ishlab chiqargan yengil avtomobillarning 118 093 donasi Cobalt hissasiga to‘g‘ri kelgani va bu boshqa rusumlar ichida eng ko‘p miqdor ekani xabar qilingandi. Eslatib o‘tamiz, kompaniya 2023-yil 25 – 27-dekabr kunlari Cobalt, Damas va Labo avtomobillari uchun jami 171 ming 200 dan ortiq onlayn shartnomalar tuzdi. Mazkur avtomobillar 2024-yilda ishlab chiqarilishi va mijozlarga yetkazilishi rejalashtirilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »