Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Ochiq budjet” portalida texnik nosozliklar kuzatilayotgani xabar qilingandi. Mazkur muammo sabab “Tashabbusli byudjet”ga ovoz berish jarayoni kechiktirilmoqda.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi “Tashabbusli byudjet”ga ovoz berish jarayoni 16-martdan boshlab davom ettirilishini maʼlum qildi.

“Ochiq budjet” portali ishida ayrim texnik nosozliklar kuzatilayotgani sababli portal faoliyatida uzilishlar bo‘lmoqda. Nosozliklarni to‘liq bartaraf etish maqsadida ovoz berish jarayonlari vaqtincha to‘xtatiladi va 16-mart soat 00:00 dan boshlab davom ettiriladi. Ayni vaqtda mutaxassislar tomonidan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda, —deya holatni izohlagan vazirlik.

Avvalroq “Tashabbusli byudjet”ga ovoz berishning 2024-yildagi 1-mavsumi 13-martdan 1-aprelga qadar davom etishi xabar qilingandi. Fuqarolar “Ochiq budjet” portali orqali yoki portalning mobil ilovasida tanlagan loyihalariga ovoz berishlari mumkin bo‘ladi.

Joriy mavsumda ilgari surilgan loyihalarni amalga oshirish uchun davlat budjetidan 3 trillion so‘m ajratilishi belgilangan. Bunda har bir loyiha uchun eng yuqori qiymat 1 milliard 360 million so‘mni tashkil etadi.

Hozirgacha portalga 9 443 ta mahalla fuqarolar yig‘inidan 35 575 ta tashabbus kelib tushgan bo‘lib, shundan 28 919 tasi maʼqullangan. Bu galgi mavsumdan boshlab ovoz berish jarayoniga “Bir fuqaro, bir ovoz” tamoyili joriy etildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »