Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda 2024-yil 1-fevraldan boshlab tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi joriy etilgandi. Unga ko‘ra, reyting ko‘rsatkichi yuqori korxonalarga qator imtiyozlar berilishi ko‘zda tutilgan.

Savdo-sanoat palatasi xabariga ko‘ra, 2024-yil 1-apreldan tadbirkorlik subyektlariga subsidiya, imtiyoz va preferensiyalar ularning reyting darajasidan kelib chiqqan holda joriy etiladi.

Reyting doirasida korxonalar to‘rt toifaga ajratiladi. Xususan, AAA, AA va A toifalar — yuqori barqarorlik reytingi hisoblanadi.

BBB, BB va B toifalar — o‘rta barqarorlik, CCC, CC va C toifalar — qoniqarli barqarorlik, D toifa — quyi barqarorlik reytingidan joy oladi.

Mazkur reytingda yuqori ball to‘plagan korxonalar rag‘batlantiriladi. Masalan, AAA toifasini olgan tadbirkorlik subyektlarida soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi. Ularga qo‘shilgan qiymat solig‘idan hosil bo‘lgan salbiy farq summasi bir kun muddatda qaytarib beriladi.

Reyting baholash mezonlari 23 ta bo‘lib, ular umumiy, ballarni kamaytiruvchi va rag‘batlantiruvchi guruhlarga bo‘linadi. Umumiy guruhda 10 ta mezon bo‘lib, har biriga 10 balldan, jami 100 ball yig‘ish mumkin. Masalan, korxona xodimining oyligi respublikadagi eng kam ish haqidan kam bo‘lsa, tadbirkorlik subyekti 5 ballidan ayriladi. Oylik miqdori 25 foizga oshgan bo‘lsa, 2 ball, 25 foizdan 50 foizgacha o‘sgan bo‘lsa, 4 ball, 75 foizgacha 6 ball, 100 foizgacha bo‘lsa, 8 ball, 100 foizdan yuqori bo‘lsa, 10 ball qo‘shib beriladi.

Reytingda past ball egallagan korxonalarga jazo choralari qo‘llanmaydi. Yuqori barqarorlik reytingidagi tadbirkorlar har yili 20-avgust — Tadbirkorlar kuni arafasida taqdirlash uchun davlat mukofotlari hamda “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoniga tavsiya etiladi.

Korxonaning mazkur reytingdagi o‘rnini Savdo-sanoat palatasi veb-sayti orqali korxona STIR raqamini kiritgan holda bilish mumkin.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »