Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil G‘azo janubidagi Rafah shahrida yig‘ilgan 1,4 million nafar falastinlikni vaqtinchalik gumanitar anklavlarga ko‘chirmoqchi. Bu haqda 13-mart kuni Isroil mudofaa kuchlari matbuot kotibi Daniel Xagari maʼlum qilgan. CNN nashri voqea haqida batafsil xabar berdi.

Foto: Reuters

Isroil rasmiysiga ko‘ra, Rafah operatsiyasi — “amalga oshirilishi shart” bo‘lgan vazifa. Bu operatsiya davomiyligi uni amalga oshirish paytida duch kelinadigan shart-sharoitga bog‘liq.

Maʼlumotlarga qaraganda, G‘azo sektori aholisining yarmidan ko‘pi anklav shimoli va markazidan qochib, hozir Misr bilan chegaradosh Rafahda boshpana topmoqda. Anklav shimolida esa taxminan 300 ming g‘azolik yashab qolgan.

“Biz 1,4 million nafar g‘azolik xalqaro hamjamiyat bilan hamkorlikda yaratadigan gumanitar anklavlarimizga ko‘chib o‘tishiga ishonch hosil qilishimiz kerak. Maxsus anklav zonasi ularni vaqtinchalik boshpana, oziq-ovqat, suv, dala kasalxonalari bilan taʼminlaydi”, — degan Daniel Xagari.

Xabarda aytilishicha, HAMAS askarlari va mahalliy aholi bitta hududda qolayotgan ekan, Isroil operatsiyasi hali-beri tugamaydi. HAMASni yengish uchun u oddiy aholidan ajratib olinishi kerak.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »